Gulaxmadov Amindjon Abdudjabborovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modelirovanie vozdeystviy izmeneniya klimata na formirovanie stoka i gidravlicheskogo rejima reki Vaxsh” (texnika fanlari). 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Chen Shhi (Chen Xi), texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining Suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Xudaykulov Savet Ishankulovich – texnika fanlari doktori, professor.
Gapparov Furqat Axmadovich – texnika fanlari doktori, professor.
Myagkov Sergey Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vaxsh daryosi oqimini shakllanishi hamda rejimiga iqlim o‘zgarishini ta’sirini bashoratlash bo‘yicha global gidrologik modellarni moslashtirish va gidravlik modelni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
original va takomillashtirilgan Mann-Kendall, Senning og‘ma testlaridan foydalanilgan holda Vaxsh daryosi havzasidagi oqim, yog‘ingarchilik va harorat miqdorlarini o‘zgarishi hamda trendi ishlab chiqilgan;
Pettitt testi va ikki karrali kumulyativ egri chiziq usuli asosida gidroiqlim qatori dinamikasining parametrlari ishlab chiqilgan;
ma’lumotlar to‘plami kombinatsiyasi asosida Vaxsh daryosi suv balansi komponentlarini baholash maqsadida SWAT gidrologik modeli moslashtirilgan;
Vaxsh daryosi havzasi oqimi dinamikasining gidrologik modeli uchun SWAT–CUP dasturi asosida suv balansining kirish komponentlarining kumulyativ parametrlari ishlab chiqilgan;
SWAT gidrologik modeli va (GCMs) global iqlim modellarini birlashtirish asosida RCP-4.5 i RCP-8.5 reprezentativ ssenariyalar uchun daryo oqimining shakllanish sohasida daryo oqimi, yog‘inlar miqdori, maksimal va minimal haroratning prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
RCP-4.5 i RCP-8.5 reprezentativ ssenariyalarda global iqlim modellariga asoslangan kumulyativ egri chiziq usuli asosida Vaxsh daryosining ekstremal oqimining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
Bussinesk tenglamasi asosida iqlim o‘zgarishi sharoitida Vaxsh daryo tizimi havzasi suv resurslarini shakllanishini ifodalovchi gidravlik model` ishlab chiqilgan;
iqlim parametrlari o‘zgarishiga bog‘liq holda Vaxsh daryosi oqimining o‘zgaruvchanligining stoxastik modeli ishlab chiqilgan. Stoxastik modelning sonli eksperiment natijalari global gidrologik modellar: GFDL-ESM2M; HadGEM2-ES; IPSL-CM5A-LR; MIROC i NoerESM1-M natijalari bilan verifikatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining vaxsh daryosi oqimini shakllanishi va gidravlik rejimiga ta’sirini modellashtirish asosida:
ma’lumotlar to‘plami kombinatsiyasi asosida Vaxsh daryosi suv balansi komponentlarini baholash maqsadida SWAT gidrologik modeli Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi boshqarmasi, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya institutining masofadan zondlash va geografik axborot tizimi bo‘limi, Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi, Suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya institutining “Iqlimshunoslik, glyasiologiya va suv resurslarini modellashtirish” laboratoriyasi faoliyatiga joriy etilgan. (Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20-apreldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada Vaxsh daryosi oqimini shakllanishining 2099 yilgacha o‘rtacha suv xajmi bashorat qilish imkoni yaratilgan.
Vaxsh daryosi havzasi oqimi dinamikasining gidrologik modeli uchun SWAT–CUP dasturi asosida suv balansining kirish komponentlarining kumulyativ parametrlari Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Gidrometeorologiya agentligi faoliyatiga joriy etilgan. (Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligi 2022 yil 20-apreldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishi sharoitida Vaxsh daryosi havzasi suv balansi komponentlarining tarkibiy parametrlari aniqlangan.
Vaxsh daryosi oqimining prognoz ko‘rsatkichlari «Nurofar» ilmiy-tadqiqot loyiha instituti hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirligi huzuridagi “Tojikiston gidrotexnika va melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti” faoliyatiga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20-apreldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada Vaxsh daryosi oqimining shakllanishining vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bashoratlangan.
SWAT gidrologik modeli va (GCMs) global iqlim modellarini birlashtirish asosida RCP-4.5 i RCP-8.5 reprezentativ ssenariyalar uchun daryo oqimining shakllanish sohasida daryo oqimi, yog‘inlar miqdori, maksimal va minimal haroratning prognoz ko‘rsatkichlari Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi boshqarmasi, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya institutining masofadan zondlash va geografik axborot tizimi bo‘limi, Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi, Suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya institutining “Iqlimshunoslik, glyasiologiya va suv resurslarini modellashtirish” laboratoriyasi faoliyatiga joriy etilgan. (Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20-apreldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishi sharoitida Vaxsh daryosi suvi oqimining 2022-2099 yillardagi davrda dinamikasini prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.