G‘aynazarova Qizlarxon Israilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vi-Sb-Se-Te asosida termoelektrik qotishmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va elektrofizik xossalarini tadqiq qilish», 01.04.07 - Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: - B2021.3.PhD/FM638
Ilmiy rahbar: Onarqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, RhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ibrohim Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. (Andijon davlat universiteti)
Sultanov Nomanjon Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. (Farg‘ona politexnika instituti);
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli xil kirishmalar bilan legirlash orqali Bi-Se-Sb-Te qattiq qorishma quymasini olish texnologiyasini takomillashtirish va yarim o‘tkazgichli termoelektrik generatorlar tayyorlash uchun ularning fizik xossalarini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Bi-Sb-Se-Te asosidagi dastlabki xom-ashyoning turli partiyalaridan legirlovchi komponentlar Pb, Ni, NH4J kiritish orqali optimal elektrofizik xususiyatlarga ega bo‘lgan termoelektrik qotishmalar olishning fizik-kimyoviy parametrlari aniqlangan;
ilk bor qotishmalariga 0,04 mol.% NH4J legirlovchi qo‘shimcha kiritilganda, to‘yintiruvchi bug‘ining bosimini boshqarish natijasida material aslligining o‘rtacha integral qiymatini (Z) ga oshishi aniqlangan;
termogeneratorlar uchun , =175 mkV/K qiymatlar bilan xarakterlanuvchi optimal termoelektrik xossalar qotishma shixtasiga legirlovchi qo‘shimcha sifatida 0,05 mol % qo‘rg‘oshin kiritilganda yuzaga kelishi aniqlangan;
tarmoqlarining uzunliklari kattaroq bo‘lgan termoelementlarda kontakt qarshiliklar ta’sirining kamligi tufayli eng yuqori nostatsionar sovutish qiymati (∆Tmax) yuqori (80-100 K) bo‘lishi, hamda impul`sli tokning qiymati optimal tokka qaraganda uch martagacha ortishi aniqlangan;
ilk marta atrof-muhitning past haroratli potensialini foydali ish koeffisienti 7,6 % bo‘lgan suyuq azotli termogenerator yordamida elektr energiyasiga aylantirish mexanizmlari eksperimental tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli xil kirishmalar bilan legirlash orqali Bi-Se-Sb-Te asosida samaradorligi yuqori bo‘lgan qattiq qotishma olish texnologiyasini takomillashtirish va ularning fizik xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bi-Sb-Se-Te asosida Pb, Ni, NH4J bilan legirlangan, optimal elektrofizikaviy xossalarga ega bo‘lgan termoelektrik qotishmalar olish texnologiyasi, shuningdek tarmoqlari uzun bo‘lgan termoelementlarda kontakt qarshilikning ta’siri natijalaridan «FOTON» AJda yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar tayyorlashda foydalanilgan (“Uzeltexsanoat” uyushmasi qoshidagi “Foton” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 martdagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada tajribaviy elektrotexnik asboblarni ishchi parametrlarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
to‘yingan bug‘ bosimini boshqarish orqali Pb, Ni, NH4J kirishmalari bilan legirlangan Bi2B3VI i Sb2B3VI (BVISe,Te) asosidagi qotishmalarni ishchi parametrlarni yaxshilashga olib keladigan texnologik usuli, Andijon davlat universitetida 2016-2020 yillarda olib borilgan OT-F2-68 raqamli “Kristallarda kirishma-nuqson turidagi mikro- va nanobirikmalarini hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning keng funksional imkoniyatli ko‘pqatlamli tuzilmalar yaratishdagi roli” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universiteti tomonidan 8.01.2022 yilda berilgan №38-01-04 raqamli Ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish tayyorlanayotgan aynan bir xil parametrli strukturalarni yaroqli chiqishi foizini oshirish imkonini bergan.