Abdullaev Abdushukur Xamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat tashkilotlarining arxiv faoliyatini axborot-hujjatli va metrologik ta’minlash usullari, modellari va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.09 – “Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.1.DSc/396
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Barot Maxmudovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobir Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Mixail Vasilevich Larin tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: arxiv saqlovi uchun hujjatlarni qayta ishlash va tayyorlash, ularni saqlash va izlash, davlat muassasalarining arxiv faoliyatini texnologik ta’minlash, standartlashtirish metodologiyasi, arxivda axborot va metrologik ta’minlashni takomillashtirish va avtomatlashtirish usullarini hamda texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy asoslarni, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning davlat arxiv saqlovidagi axborot olish huquqlarini amalga oshirish usullarini tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hujjatlarning hayotiy siklini arxiv faoliyatidagi segmentini kompleks avtomatlashtirishning yagona texnik platformaga integratsiya qilinuvchi, idoraviy saqlovdagi hujjatlarni jamlash va qayta ishlash, ularni arxiv fondlarida izlash, arxiv texnologiyalarini avtomatlashtirish va qaror qabul qilish, shu jumladan hujjatlarni hisobga olish va xavfsiz saqlash quyi tizimlaridan iborat funksional tuzilma ishlab chiqilgan;
arxiv hujjatlarini tartibga keltirish, doimiy saqlovga ajratish hamda fondlarni shakllantirishga oid jarayonlarni formallashtirish va miqdoriy baholash, shu jumladan arxivlar sohasida o‘lchashlarning ishonchliligini va birliligini ta’minlash bo‘yicha «Arxivshunoslik» va «Metrologiya» ilmiy fanlarining umumiy masalalarini hal etish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan nazariyalar tizimi ko‘rinishida alohida fan tarmog‘i sifatida qaraluvchi «Arxivometriya» yo‘nalishini kiritish ilmiy asoslab berildi;
arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash jarayoniga ranj-lashtirish va shkalalash usullarini qo‘llash asosida ekspertiza qilish algoritmi ishlab chiqilib, ekspert baholash natijalarida sub’ektiv omillarni bartaraf etishga, shuningdek arxiv hujjatlarini sifatsiz tartibga keltirish va noto‘g‘ri utilizatsiya qilishdan ishonchli himoyasi yaratilgan;
arxiv hujjatlari qimmatliligini ekspertizadan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari darajasini integrallashgan baholash hamda baholash natijalarini egri chiziqli taqsimot grafiklari shaklida taqdim etish asosida mutaxassislarning axborot kompetentligini avtomatlashtirilgan baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
arxiv saqlovxonalaridagi iqlim sharoitlarini ta’minlash jarayonlarini ko‘pfunksiyali mikroprotsessor qurilmalari va sensorli datchiklardan iborat bo‘lgan o‘lchash-axborot tizimlari asosida boshqarish, shuningdek arxivlarning holati va xavfsizligini monitoring qilish axborot tizimlarining integratsiyasidan tashkil topgan kompleks tizim yaratilgan;
arxiv axborot resurslari elektron bazalarini taqsimlangan arxitekturada saqlovchi blokcheyn texnologiyalarini joriy etish orqali arxiv axborot resurslarining butligini hamda taqdim etiladigan ma’lumotlarning manbalari ishonchliligini ta’minlash, shuningdek aynan shu ma’lumotlar asosida davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralarning yagona zanjirli tizimdagi axborot resurslaridan foydalanish va axborot almashuvidan iborat texnik jixatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadkikot ishida olingan natijalar quyidagi arxiv faoliyati jarayonlariga, shuningdek ta’lim tizimi va personalni boshqarish tizimlariga joriy etilgan:
ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi faoliyatiga arxiv hujjatlarini izlash va arxivlarning asosiy faoliyatini avtomatlashtirish, tezkor qidiruvni, shuningdek arxiv hujjatlarini saqlash sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha arxiv faoliyatini kompleks avtomatlashtirishning funksional tuzilmasiga muvofiq ishlab chiqilgan quyi tizimlar joriy etildi (O‘zarxiv agentligi 2020 yil 12 oktyabrdagi 01-826/1111-son ma’lumotnomasi va tegishli dalolatnomalar). Jami iqtisodiy samaradorlik qidiruv tizimida -350 mln.so‘m, avtomatlashtirishda - 765 mln.so‘mni tashkil etib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini 70% ga oshirishga erishilgan;
Milliy va Markaziy davlat arxivlarida hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining texnik markazida alohida qimmatli hujjatlarning elektron sug‘urta fondini yaratish va yuritish bo‘yicha ishlab chiqilgan yaxlit tizim va raqamlashtirish qurilmalari joriy etildi (O‘zarxiv agentligining 2022 yil 13 apreldagi 01-26-04 /485-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tizim va kurilmalar arxiv va kutubxona fondlarida mavjud bo‘lgan alohida qimmatli noyob hujjatlarning rakamlashtirilgan nusxalarini, shuningdek ularning sug‘urta fondlarini yaratish ishlarini qayta tiklash va davomli shakllantirish imkoniyatini yaratib berdi . Amaldagi iqtisodiy samaradorlik 63 ming AQSh dollari va 324 million so‘mni tashkil etgan;
Kadastr agentligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” DILIda mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalari va nazariy bilimlarini kompleks baholash bo‘yicha metodika joriy etilgan (Kadastr agentligining 2021yil 24 yanvardagi 103-08-10-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur metodikani joriy etilishi natijasida tashkilot tizimidagi kadrlar qo‘nimsizligi 2,1 barobarga qisqagan;
5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” va 5524300 – “Mahsulot sifatini boshqarish”, 5520300 – “Arxivshunoslik” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim standartlarini, shuningdek, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “Metrologiya asoslari”, “Uslublar va o‘lchash vositalari”, “Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash”, “Fizik-kimyoviy o‘lchovlar” fanlari bo‘yicha ma’ruza matnlarini ishlab chiqishda dissertasiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik qo‘llanmalardan bevosita foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 12-oktabrdagi 89-03-5181-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “Metrologiya asoslari”, “Uslublar va o‘lchash vositalari”, “Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash”, “Fizik-kimyoviy o‘lchovlar” fanlarining ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
ilmiy natijalar arxiv faoliyati jarayonlarini keng avtomatlashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish, arxiv sohasida joriy etilayotgan tizimlarni davlat elektron hukumat tizimi bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek arxivlardagi iqlim parametrlarni avtomatik nazorat qilish orqali hujjatlarning sifatli va xavfsiz saqlovini ta’minlash imkoniyatini bergan hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi hamda Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida joriy etilgan dasturiy mahsulotlarning yillik iqtisodiy samaradorligi arxivlardagi iqlim parametrlarni avtomatik nazorat qilishdan 765 mln so‘mni, xodimlarning masofaviy malakasini oshirishdan 4705 mln.so‘mni tashkil etgan.