G‘afforov Azamat Uyg‘unovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boldir suyaklari diafizar sinishlarini jarrohlik davolashda osteoregeneratsiyani optimallashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib964.
Ilmiy rahbar: Asilova Saodat Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Dursunov Axmad Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Tilyakov Akbar Burievich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boldir suyaklari diafizar qismidan maydalanib sinishlarida jarrohlik usullari va trombotsitlarga boy plazmani  qo‘llash yo‘li bilan osteogenezni optimallashtirish orqali  davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental ravishda trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgan asosiy guruxda morfologik tadqiqotlar ko‘rsatkichlari osteon xujayralarning paydo bo‘lish muddati qisqarishi va osteoblastlar miqdori ko‘payganligi aniqlangan va osteoregeneratsiyaning stimullanishi isbotlangan;
trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgan eksperimental asosiy guruxda rentgendensitometrik ko‘rsatkichlar suyak mineral zichligining o‘rtacha 1,26 barobar oshishi  aniqlangan va osteoregeneratsiyaning stimullanishi isbotlangan;
eksperimental quyonlarda trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgan asosiy guruxda immunologik tekshiruvlar orqali gumoral va maxalliy immunitet xolatini aniqlovchi IgA faolligining  14-kundan boshlab oshishi asosida immunomodulator  xususiyati mavjudligi  isbotlangan;
boldir suyaklari diafizar maydalanib sinishlari bo‘lgan va trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgan asosiy gurux bemorlarida  biokimyoviy ko‘rsatkichlar - kal`siy va vitamin Dning o‘rtacha miqdori  nazorat gurux bemorlariga nisbatan ko‘proq oshishi va ishqoriy fosfataza miqdorining norma darajasiga yaqinlashishi xolati aniqlanishi asosida  suyak regeneratsiyasining stimullanishi va tiklanish  davrining qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boldir suyaklari diafizar qismidan maydalanib singan bemorlarni jarroxlik usulida davolashdan olingan natijalar asosida:
boldir suyaklarining diafizar qismidan sinishi bilan murojaat qilgan bemorlarning jarroxlik usulida davolashdan bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Boldir suyaklari diafizar sinishlarida xirurgik davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021  yil 1 iyundagi 8n-d/175-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar davolash muddatini qisqartirish, kelib chiquvchi salbiy asoratlar sonini kamaytirish va davolash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan.
boldir suyaklari diafizar sinishlarida xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro shaxri klinik kasalxonasi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 08-10159-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari davolash muddatlarini 10 kunga qisqartirish va nogironlikni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish