Axmedov Mirzaanvar Moxidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning gaz va gaz-kondensat konlarida gorizontal quduqlarning mahsuldorligiga ta’sir etuvchi texnologik usullarini ishlab chiqish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2472.
Ilmiy rahbar: Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shafiev Rustam Umarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi gaz va gaz kondensati konlari misolida gorizontal skvajinalarning unumdorligiga ta’sir etuvchi texnologik usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz va gaz kondensat konlarida gorizontal skvajinalarni loyihalashtirish uchun zarur hisoblangan kon-geologik ma’mulotlari va vertikal gaz skvajinalarining gidrodinamik tadqiqot ma’lumotlarini olish manbalari va hisoblash usullari asoslangan;
gorizontal skvajinalar orqali gaz qazib olishda qatlam fil`tratsion qarshilik koeffisientlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarnining ta’sir darajasini aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
vertikal va gorizontal skvajinalarning mahsuldorligini qiyosiy tahlil qilish, qatlam tuzilmasi va xususiyatlaridan, shuningdek, qatlam va qatlam gazining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda gorizontal skvajinaning gorizontal qismi uzunligini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
gorizontal skvajinani ishlatish texnologik rejimini tartibga solish orqali skvajina tubi atrofida kondensatning yo‘qotilish miqdorini kamaytirish, natijada qatlamning kondensat bera olishlik ko‘rsatkichini oshirish imkoniyati texnologik va iqtisodiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Skvajinalarning gazogidrodinamik tadqiqotlari ma’lumotlarini interpretatsiya qilish, shuningdek, qatlamning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gazli konining IX gorizonti skvajinalarida statsionar va nostatsionar fil`tratsiya rejimlarida gidrodinamik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi va tadqiqot ma’lumotlarini interpretatsiya qilish metodikasi amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2022 yil 18 martdagi 05/25-2-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, qatlam xususiyatlarining, skvajina gorizontal qismi uzunligining va skvajinaning qatlamda joylashuvi nuqtasining gaz skvajinasi unumdorligiga bog‘liqligini asoslash imkonini bergan;
Gazli IX gorizonti er osti omborini ishlatishda gorizontal skvajina uzunligini asoslash va tanlash metodologiyasi asosida skvajina gorizontal uzunligi bo‘yicha taklif amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2022 yil 18 martdagi 05/25-2-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, IX gorizont Gazli er osti ombori uchun gaz skvajinalari gorizontal qismining texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan optimal uzunligi qabul qilingan, skvajina debitini 103% ga oshirishga va bu har bir gorizontal skvajina bo‘yicha sutkasiga qo‘shimcha 142,6 ming kub metr gaz qazib olish imkonini bergan.