Toyirov Yunus Alamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt920.
Ilmiy rahbar: Amonboev Mahammadsidik iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zzoda Baxtiyor Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etish hamda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish maqsadida “Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”dan grant ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turizm infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha “Turizm zonalari va klasterlarini rivojlantirish boshqarmasi”ni tashkil etish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining respublika hududlarida ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etishning 25 foizgacha bo‘lgan xarajatlarini maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash taklif etilgan;
turizm tashkilotlari faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyoz va preferensiyalarga tobe’lik darajasini pasaytirish maqsadida “Favqulodda himoyalanish buferi”ni shakllantirishning maqbul mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etish hamda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish maqsadida “Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”dan grant ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 17 yanvardagi 07-17/450-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi natijasida turistik tashkilotlarda xizmat ko‘rsatish darajasi mazkur davrda o‘rtacha 4,7 foizga oshgan;
O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turizm infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha “Turizm zonalari va klasterlarini rivojlantirish boshqarmasi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 07-17/450-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tarkibiy tuzilmasida boshqarma tashkil etilgan va mamlakatdagi 2300 dan ortiq turizm infratuzilma ob’ektlari loyihalashtirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining respublika hududlarida ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etishning 25 foizgacha bo‘lgan xarajatlarini maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 07-17/450-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamiz hududlarida ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etishga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 8,7 mlrd. so‘m sarflangan;
turizm tashkilotlari faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyoz va preferensiyalarga tobe’lik darajasini pasaytirish maqsadida “Favqulodda himoyalanish buferi”ni shakllantirishning maqbul mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 17 yanvardagi 07-17/450-son ma’lumotnomasi). Moliya yili yakunida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan keyingi foydadan ishlab chiqarish xarajatlarining kamida 3 oylik hajmidagi mablag‘larni “Favqulodda himoyalanish bufer”iga yo‘naltirish taklifi 2022-2026 yillarda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan. Buning hisobiga turistik tashkilotlarda ishlab chiqarish samaradorligi mazkur davrda o‘rtacha 5,9 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish