Boboev Oybek Rayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sigirlarda endemik bo‘qoqning etiopatogenezi va guruhli profilaktikasi», 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V2.
Ilmiy rahbar: Bakirov Baxtiyar, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyar Mamatqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mamatov Shavkat Sodiqovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizning qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitidagi zotli qoramollarda endemik bo‘qoqning sabablari va rivojlanish mexanizmini o‘rganish, davolash va guruhli oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari sharoitlaridagi zotli qoramollar orasida endemik bo‘qoq kasalligining tarqalishi aniqlangan, shuningdek, kasallikning alimentar-endemik hamda geoekologik sabablari ilmiy asoslangan;
klinik va morfometrik o‘zgarishlar dinamikasi, qondagi morfologik, biokimyoviy, fermentativ hamda gormonal-tiroidal o‘zgarishlar asosida zotli qoramollarda endemik bo‘qoqning ertachi tashhis usuli ishlab chiqilgan;
tarkibidagi yod miqdori 20% ga oshirilgan faollashtirilgan yodlangan osh tuzi va 10% li qalqonsimon bez ekstraktini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va ularning sigirlarda qalqonsimon bez faoliyatiga ta’siri ilmiy asoslangan, profilaktik miqdori va qo‘llash tartibi ishlab chiqilgan;
“Blattin Premium” premiksining sigirlarlarda qalqonsimon bez faoliyatiga ta’siri ilmiy asoslangan, profilaktik miqdori va ishlatish tartibi ishlab chiqilgan;
zotli sigirlarda endemik bo‘qoqning faollashtirilgan yodlangan osh tuzi, 10% li qalqonsimon bez ekstrakti va “Blattin Premium” premiksini qo‘llashga asoslangan guruhli oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sigirlarda endemik bo‘qoqning etiopatogenezi va guruhli profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Sigirlarda endemik bo‘qoqni davolash va oldini olish  bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlanib, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 04 apreldagi 02/23-116-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlarda endemik bo‘qoqni davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
sigirlarda endemik bo‘qoqning oldini olishda tarkibidagi yod mikdori 20% ga oshirilgan yodlangan osh tuzi, 10% li qalqonsimon bez ekstrakti va «Blattin Premium» universal mineral premiksini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 04 apreldagi 02/23-116-son ma’lumotnomasi). Ushbu guruhli profilaktika usuli boshqa muqobil oldini olish variantlariga qaraganda eng samarali oldini olish usuli ekanligi aniqlangan;
sigirlarda endemik bo‘qoqning oldini olish uchun tavsiya etilgan vositalar va ularni qo‘llash usuli Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 04 apreldagi 02/23-116-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashgan oldini olish usulini qo‘llash orqali har bosh sigir hisobiga o‘rtacha 5 471 000 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan va bunda harajatlar qoplami 4,3 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish