Achilov Odiljon Elmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoramollar exinokokkozida go‘sht va parenximatoz organlarning sifatini veterinariya sanitariya bahosi», 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V51.
Ilmiy rahbarlar: Alessandra Guidi, veterinariya fanlari doktori, professor; Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Nurullaev Alisher Abdullaevich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining so‘yish korxonalarida so‘yilgan, exinokokk bilan zararlangan qoramollar go‘shti va parenximatoz organlarning sifat ko‘rsatkichlarini veterinariya sanitariya jihatdan baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamiz sharoitida exinokokk bilan zararlangan qoramollar go‘shti va parenximatoz organlarining biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida iste’molga yaroqlilik sifati aniqlangan;
exinokokk bilan zararlangan qoramollar go‘shtining biologik qiymati sog‘lom qoramol go‘shtiga nisbatan 16,8% ga kamayishi aniqlangan;
exinokokk bilan zararlangan qoramollar go‘shtining tarkibidagi K, Ca, Mg, Na, Fe, Zn elementlari nisbiy miqdorining kamayishi aniqlangan;
exinokokk bilan zararlangan qoramollar go‘shti va parenximatoz organlarida ichak tayoqchalari o‘rtacha 25,7%, stafilokokklar - 10,5% va salmonellalar - 3,6% gacha uchrashi aniqlangan;
qoramollar exinokokkozida go‘sht va parenximatoz organlarni bakteriyalardan zararsizlantirishda yuqori 80-85oS haroratda 30-35 daqiqa davomida termik ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
qoramollar exinokokkozida go‘sht va parenximatoz organlarning iste’molga yaroqliligini patologoanatomik, fizika-kimyoviy va bakteriologik tekshirishlar asosida veterinariya-sanitariya bahosi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramollar exinokokkozida go‘sht va parenximatoz organlarning sifatini veterinariya sanitariya bahosi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollar exinokokkozida go‘sht mahsulotlari sifati va xavfsizligini veterinariya sanitariya jihatdan baholash» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan va Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Davlat markazlariga hamda kushxonalarga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 apreldagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash evaziga qoramollar exinokokkozida go‘sht va parenximatoz organlarning iste’molga yaroqlilik sifati va xavfsizligini aniqlashga erishilgan;
exinokokk bilan kuchli zararlangan qoramollar go‘shtining tarkibida kechadigan biokimyoviy o‘zgarishlarni, ularning me’yor ko‘rsatkichlarini qo‘llash usuli hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 apreldagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Natijada exinokokk bilan kuchli zararlangan qoramollar go‘shtining biologik qiymati 160,1 kkal (sog‘lom hayvonlarga nisbatan 16,8 % kamayishi) ga kamayishi aniqlangan;
qoramollar exinokokkozida so‘yishdan keyingi olingan go‘sht bakteriyalar bilan zararlanganda 30-35 daqiqa davomida yuqori 80-85oS haroratda termik ishlov berish orqali zararsizlantirish usuli ishlab chiqilib, hayvonlarni so‘yish korxonalarga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 apreldagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar exinokokkozida so‘yishdan keyingi olingan go‘shtni bakteriyalardan zararsizlantirishda yuqori samaradorlikka erishilgan.