Ochilova Gulrux Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gastritni davolashda MDR-1 geni polimorfizmi ahamiyati», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib949.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gastrit turlari, klinik namoyon bo‘lishi xususiyatlarini  ksenobiotiklar transporteri glikoprotein R (MDR-1) geni S3435T, G2677T va S1236T polimorfizmlari genotip variantlari kesimida tahlil qilish, hamda davo jarayonini farmakoepidemiologik jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
curunkali gastritli bemorlarda MDR-1 geni S1236T va S3435T polimorfizmlari TT genotip variatlari surunkali gastrit kasalligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan 2 va 1,3 marta kamroq uchraganligi tufayli “proton nasosi” ingibitorlarini eflyuksi pasayib, dori vositalariga farmakologik javob kuchayishi va nojo‘ya ta’sir ehtimolligi oshishi aniqlangan;
MDR-1 geni polimorfizmlari genotip variantlari surunkali gastritli bemorlar jinsiga qarab turlicha uchrashi aniqlanib, MDR-1 geni S3435T polimorfizmi TT genotipi SS genotipiga nisbatan ayollarda 2 barobardan ziyodroq, MDR-1 geni G2677T polimorfizmi TT genotipi SS genotipiga nisbatan erkaklarda 1,4 barobardan ziyodroq uchraganligi tufayli ayol bemorlarda MDR-1 geni S3435T polimorfizmi bo‘yicha erkak bemorlarga nisbatan farmakologik javob kuchayishi va nojo‘ya ta’sir ehtimolligi pastligi, MDR-1 geni G2677T polimorfizmi bo‘yicha yuqoriroq ekanligi asoslangan;
MDR-1 geni polimorfizmlari genotiplari bilan surunkali gastrit tiplari, kasallikning klinik namoyon bo‘lish belgilari bilan bog‘liqlik mavjudligi aniqlanib, o‘rganilayotgan gen polimorfizmlari mutant genotiplari tufayli kasallik klinik belgilari yaqqolroq namoyon bo‘lishi, uning avjlanishi ehtimolligi yuqori ekanligi, hamda H.rylori invaziyasi bilan ko‘proq birgalikda kechish holatlari uchrashi aniqlangan;
surunkali gastrili bemorlarni “proton nasosi” ingibitorlari va mikrobga qarshi preparatlar bilan o‘tkazilgan farmakoterapiyasi natijadorligi MDR-1 geni polimorfizmlari genotip variantlarini uchrashi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, ushbu gen polimorfizmlari mutant allel` saqlovchi genotip variantlarida etarli emasligi va asoratlar yuqori bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gastritni davolashda MDR-1 geni polimorfizmi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda MDR-1 genining polimorfizmlari genotiplariga ko‘ra surunkali gastritning davo choralarini belgilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda MDR-1 geni polimorfizmining xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/508-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijada surunkali gastritni davolashda MDR-1 geni polimorf markerlarining davo samaradorligiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
H.pylori bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali gastrit farmakoterapiyasining samaradorligi va xavfsizligida genetik omilning roli bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Helicobacter pylori va surunkali gastrit: farmakogenetika muammolari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/508-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijada surunkali gastrit farmakoterapiyasining xususiyatlarini belgilash va MDR-1 geni polimorfizmlarining tanlangan farmakoterapiya samaradorligi va xavfsizligidagi ahamiyatini asoslash imkonini bergan;
surunkali gastrit farmakoterapiyasining xususiyatlari va unga MDR-1 geni polimorfizmlarining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-10364-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijada surunkali gastritni davolashda farmakoterapiya usullarini qo‘llash bemorlar hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish