Ibodullaeva Ma’rifat To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD.Iqt1359.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odil Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmamatov Farhodjon Kubaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Aksiyadorlik-tijorat “Sanoatqurilishbank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirishda forvard va svop operatsiyalari hajmini spot operatsiyalari hajmidan kam bo‘lmagan darajada oshirishning zarurligi asoslangan;
banklarning forvard valyuta operatsiyalaridan oladigan daromadlari miqdorini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan ustama bilan kotirovka qilish taklif qilingan;
tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirishda spot, forvard va svop operatsiyalari bo‘yicha pozision muvofiqlikni ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
banklarning valyutaviy likvidliligini “aktivlar va majburiyatlarning barqarorligi”, “valyutaviy tarkib bo‘yicha miqdoriy mutanosiblik”, “foiz stavkalari bo‘yicha muddatli mutanosiblik” mezonlari bo‘yicha ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirishda forvard va svop operatsiyalari hajmini spot operatsiyalari hajmidan kam bo‘lmagan darajada oshirish taklifidan AT “Turonbank” Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi K-70-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4434/24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB“Turonbank”ning valyuta operatsiyalaridan ko‘rgan zararlari miqdori 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 49,9 foizga kamaygan;
banklarning forvard valyuta operatsiyalaridan oladigan daromadlari miqdorini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan ustama bilan kotirovka qilish taklifidan AT “Turonbank” Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi K-70-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4434/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan ATB “Turonbank”da valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromad miqdori 25,9 foizga oshgan;
tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirishda spot, forvard va svop operatsiyalari bo‘yicha pozision muvofiqlikni ta’minlash taklifidan AT “Turonbank” Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi K-70-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4434/24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB “Turonbank” ochiq valyuta pozisiyalari hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 46,7 foizga qisqargan;
banklarning valyutaviy likvidliligini “aktivlar va majburiyatlarning barqarorligi”, “valyutaviy tarkib bo‘yicha miqdoriy mutanosiblik”, “foiz stavkalari bo‘yicha muddatli mutanosiblik” mezonlari bo‘yicha ta’minlash taklifidan AT “Turonbank” Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi K-70-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4434/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2020 yilning 31 dekabr` holatiga, AT “Turonbank”ning xorijiy valyutadagi aktivlarining 10,3 foizini yuqori likvidli muddatsiz aktivlar tashkil etgani holda, bir yilgacha muddatdagi xorijiy valyutadagi aktivlar va majburiyatlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblik ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish