Yaxshilikov Jasur Juraboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarning sanoat ishlab chiqarish salohiyati rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1355.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, fanlari doktori, professor; Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sanoati ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish hamda uning ekonmetrik modellashtirish ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga sanoat mahsulotlarining eksportdagi ulushining miqdoriy ta’sirini ekonometrik baholash modelining takomillashgan varianti ishlab chiqilgan;
hudud sanoati salohiyati va samaradorligining baholashning resurs salohiyati, funksional-salohiyatli, optimizatsion va natijaviy-maqsadli yondashuvini hududda ishlab chiqarilgan brendlar, tarmoqda band bo‘lgan tadqiqotchilar hamda oid lisenziya va patentlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirish taklif qilingan;
sanoat ishlab chiqarish salohiyatiga, jumladan mahsulotlar eksporti ulushining ortishini e’tiborga olgan holda Samarqand viloyati sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi parametrlari ishlab chiqilgan;
sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishga yondashuv tarmoq-hudud imkoniyatlarini uyg‘unligi bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqari korxonalari va ilmiy tashkilotlar integratsiyasini samarali tashkil etishga ustuvorlik berishga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarning sanoat ishlab chiqarish salohiyati rivojlanishini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga sanoat mahsulotlarining eksportdagi ulushining miqdoriy ta’sirini ekonometrik baholashning ishlab chiqarish modelining takomillashgan varianti Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlar sanoat salohiyatini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 01/1-04-18/2-140-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport salohiyatini baholashning aniqlik darajasini oshirish negizida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga xizmat qilgan;
hudud sanoati salohiyati va samaradorligini funksional-salohiyatli, optimizatsion, resurs salohiyati va natijaviy-maqsadli yondashuv negizida baholashning takomillashgan yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan sanoat statistikasi uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 01/1-04-18/2-140-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat statistikasiga oid tahliliy jadvallar, byulletenlar hamda press-relizlarni tayyorlashda keng qamrovli tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Samarqand viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqlgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatida hududiy ishlab chiqarish dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 20 iyundagi 05/15-1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni amaliyotga jalb qilinishiga xizmat qilgan;
sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishga yondashuvni takomillashtirishga oid takliflar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan hududiy ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 20 iyundagi 05/15-1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar sanoat tarmog‘i salohiyatini oshirishda integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjiri samaradorligini oshirish bo‘yicha imkoniyatlarning kengaytirilishiga xizmat qilgan.