Murtazaev Feruzbek Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «AI-80 avtomobil` benzini tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdorini Evro-5 standarti me’yorlarigacha kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2226.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Igamkulova Nargisa Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: AI-80 benzini tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdorini kamaytirish va tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdori bo‘yicha Evro-5 ekologik talabi me’yorlariga javob beruvchi avtomobil` benzinlari olishning texnologik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EG, DMSO, N-MP va sulfolan kabi ekstragentlarni tarkibida teng miqdorda geksan, siklogeksan, benzol va ksilol (1:1:1:1) saqlagan namuna aromatik uglevodorodlarni ajratib olish qobiliyati aniqlangan;
EG, DMSO va suvni turli konsentratsiyalarda aralashtirilib, EG-DMSO-Suv (75:20:5), EG-DMSO-Suv (50:45:5), EG-DMSO-Suv (25:70:5), EG-DMSO-Suv (21:75:4) va EG-DMSO-Suv (22:75:3) kabi ekstragent kompozisiyalari olingan;
parafin, izoparafin, naften va to‘yinmagan uglevodorodlar, aromatik uglevodorodlar va EG-DMSO-Suv suyuqlik – suyuqlik sistemasining fazaviy muvozanati va ushbu sistemada EG-DMSO-Suv (25:70:5) ekstragentining aromatik uglevodorodlarni ajratib olish darajasi – 65,22% gacha kamaytirishi isbotlangan;
dearomatizatsiyalangan rafinat – 64,56%, og‘ir benzin fraksiyasi – 35,14%, OKTAN-PLYuS qo‘ndirmasi – 0,3% konsentratsiyalarda kompaundlanib, yangi benzin namunasi olingan va ushbu benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar 21,55%, benzol miqdori 0,22% gacha kamayganligi gaz-xromato-mass-spektrometrda olingan xromatogrammalar bilan isbotlangan;
ilk bor mahalliy AI-80 benzini tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdorini ekstraksiya usulida Evro-5 talab me’yorlagicha kamaytirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
AI-80 avtomobil` benzini tarkibida aromatik uglevodorodlarni miqdori kamaytirish va ularni yonishidan ajraluvchi gazlar tarkibida inson uchun xavfli uglevodorod gazlarini miqdorini kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
EG, DMSO, N-MP va sulfolan kabi ekstragentlar yordamida mahalliy avtomobil benzinlarini ekstraksiyalash usuli «O‘zbekneftegaz» AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 11 yanvardagi 03/17-5-7-son ma’lumotnomasi). Natijada, AI-80 avtomobil benzini tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdori 21,55% gacha, benzol miqdori esa 0,22% gacha kamaytirish imkonini bergan;
ekstraksiya usulida mahalliy past oktanli benzinlar tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdorini kamaytirish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 11 yanvardagi 03/17-5-7-son ma’lumotnomasi). Natijada, aromatik uglevodorodlar va benzol miqdori bo‘yicha Evro-5 talablariga javob beruvchi benzin ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish