Qurbonov Mirjalol Mamasaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryoning konus yoyilmalaridagi degradatsiyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish yo‘llari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B351.
Ilmiy rahbar: Gafurova Laziza Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Qurvataev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo konus yoyilma tuproqlarining shakllanishi va evolyusiyasi qonuniyatlari, morfogenetik xususiyatlari, tarkibi va xossalarini aniqlash, ularga ta’sir etuvchi degradatsiya omillari ta’sirini tavsiflash va unumdorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo konus yoyilmasi tuproqlarini kompleks yondashuvlar asosida shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, tuproq qoplamini informativ ko‘rsatkichlari asosida hozirgi holati va ularning degradatsiyaga uchrash darajasi aniqlangan;
degradatsiyaga uchragan tuproqlarining diagnostik ko‘rsatkichlari, asosiy unumdorlik elementlari, sho‘rlanganlik darajasi va tipi, umumiy va zaharli tuzlar miqdorlarining konus yoyilma bo‘yicha o‘zgarish qonuniyati aniqlangan;
Qashqadaryo konus yoyilmasi tuproqlarida organik uglerod miqdorining hozirgi holati va qiyosiy zaxirasi sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi asoslangan;
geoaxborot tizimlari texnologiyalari asosida Qashqadaryo konus yoyilmasi tuproqlarining informativ ko‘rsatkichlari o‘zgarishini aks ettiruvchi kartografik modellari tuzilgan, hududning degradatsiyaga uchragan tuproqlari unumdorligini oshirishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo konus yoyilmalaridagi degradatsiyaga uchragan tuproqlarning evolyusion genetik jihatlari, agrokimyoviy va kimyoviy xossalari hamda mikrobiologik faolligini hisobga olgan holda tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo konus yoyilmalaridagi tuproqlarning evolyusion-genetik jihatlaridan tuproq guruhlari va miqdori bo‘yicha, GAT texnologiyalari asosida kartografik modellari Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/025-5013-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo konus yoyilmasi hududida qishloq xo‘jaligi ekin turlarini joylashtirish, er resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Qashqadaryo konus yoyilmasi hududida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning guruhi va miqdori aniqlangan holda tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar qishloq xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/025-5013-son ma’lumotnomasi). Natijada, konus yoyilmasi hududida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirishda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
degradatsiya uchragan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning unumdorligini oshirish bo‘yicha tajribalar: dastlabki yil - 20 t/ga go‘ng qo‘llash, asosiy ekin - kuzgi bug‘doy, takroriy ekin - mosh, oraliq ekin - ko‘k massa siderat sifatida xantal ekilgan; 2-yil esa - g‘o‘za bo‘yicha agrotexnik tadbirlar Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaligida 9 gektar maydonda hamda Janubiy dehqonchilik ITI Qarshi agrouchastkasida 9 gektar maydonda, jami sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida 18 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/025-5013-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta hisobda kuzgi bug‘doydan 43,6 s/ga don hosili, g‘o‘zadan 37 s/ga paxta hosili, moshdan 11,3 s/ga don hosili va xantaldan 44,7 s/ga ko‘k massa hosil olish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.