Sherquziev Doniyor Shermamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qizilqum fosforitlarini qayta ishlash asosida oddiy superfosfat va stimulyator faollikka ega suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T470.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Turdialiev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum fosforitlarini qayta ishlash asosida oddiy superfosfat, suyuq va suspenziyali murakkab NPCa- va NPKCa-stimulyator faol o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konsentrlangan fosfat kislotasi, angidritli gips va monokal`siy fosfat hosil qilish mexanizmini ta’minlovchi fosfat xomashyosini sul`fat kislota bilan ikki bosqichli qayta ishlashni maqbul sharoitlari aniqlangan;
tayyor mahsulotni kamerali etiltirish va omborli pishirish, ammoniylash va quritish bosqichlarini istisno qiluvchi donador superfosfat olishning ikki bosqichli usuli ishlab chiqilgan;
konsentrlangan suyuq NCa- va qattiq NPCa-o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan karbonatli fosfat xomashyosining nitrat kislotali parchalanish mahsulotlarini ajratishning maqbul rejimi ishlab chiqilgan;
hajm bo‘yicha to‘liq bir jinslilik va suspenziyani qatlamlanishga barqarorliligi saqlashga imkon beradigan nitrat kislotali fosfat ekstrakti tarkibiy qismlari bilan monoetanolaminning o‘zaro ta’sirlashishi aniqlangan;
SKO‘ suspenziyasining tarkibi va agrokimyoviy samaradorligini yaxshilashda biostimulyator qo‘shimchasi sifatida 1-monoetanolaminogeptin-2-ol-4 maqbul miqdori 1-1,5% bo‘lishi isbotlangan;
donador superfosfat, konsentrlangan qattiq NPSa- va suyuq NSa-o‘g‘itlar, shuningdek, stimulyator faollikka ega suspenziyalangan SKO‘ ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum fosforitlarini qayta ishlash asosida stimulyator faollikka ega oddiy superfosfat va suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqum fosfat xomashyosini angidrit rejimida sul`fat kislota bilan ikki bosqichli parchalash yo‘li bilan oddiy superfosfat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrkimyozavod” QK-AJning 2022 yil 8 iyundagi 214-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida o‘zashuvchan shakllardagi fosfor, kal`siy va oltingugurt tutgan donador oddiy superfosfat sifatini yaxshilash imkonini beradi;
Qizilqumning yuqori karbonatli fosforitlarini nitrat kislotasi bilan qayta ishlash yo‘li bilan donadorlangan NPSa- va suyuq NSa-o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrkimyozavod” QK-AJning 2022 yil 8 iyundagi 214-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy va tomchilatib sug‘orishga mo‘ljallangan donador va suyuq kompleks o‘g‘itlar turlarini kengaytirish imkonini beradi;
nitratfosfat kislota ekstraktining asosiy suspenziyasi va monoetanolamin, ammoniy nitrati, ammofos, kaliy xloriddan iborat aralashmaga 1,5% 1-monoetanolaminogeptin-2-ol-4 qo‘shish asosida biostimulyatorlik faollikka ega suspendirlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Ifoda Agrokimyo himoya” QK-MChJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agrokimyo himoya” QK-MChJning 2022 yil 13 iyundagi 581-son ma’lumotnomasi). Natijada, SKO‘ning yangi turlaridan foydalanish natijasida paxta xomashyosining hosildorligini 8-10 s/ga oshirish imkonini beradi.