Kurbonov Anvar Boxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fon tarmog‘i nomi): «O‘t toshli ichak tutilishini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1031.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertaiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kam invaziv aralashuvlarni tatbiq etish orqali o‘t toshli ichak tutilishini an’anaviy tashxislash va jarrohlik bilan davolash natijalarini yaxshilashni takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t toshli ichak tutilishini tashxislashda nisbiy tahlika belgilarining summar yig‘indisi nisbatiga binoan sezilarsiz shubhali, sezilarli ehtimolli va mutloq yuqori aniqlikdagi predikatorlari ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i multispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans xolangiografiyasini o‘t toshli ichak tutilishi tashxisotida yuqori sezgirligi, o‘ziga xosligi va umumiy aniqlik ko‘rsatkichlarga egaligi va jarrohlik amaliyotgacha tashxisotda ichak tutilishining biliar tabiatini baholash darajasi asoslangan;
o‘t toshli ichak tutilishining ahamiyatli bo‘lgan bemorlar yoshini yuqoriligi, rentgenografiyada ingichka ichak tutilishiga xos belgilarning kuzatilishi hamda hayot davomida qorin bo‘shlig‘i a’zolarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmaganligi kabi majmuaviy birlikdagi belgilarning kuzatilganligi tashxisotdagi kasallikka xos o‘rinli triada klinik simptomi ekanligi isbotlangan;
o‘t toshli ichak tutilishini jarrohlik amaliyotidan oldingi samarali tashxisot kam invaziv videolaproskopik jarrohlik amaliyotning afzalligi, amaliyotidan keyiingi asoratlarni kamayishi, shifoxonada bo‘lishi sarf xarajatlarini  kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t toshli ichak tutilishini  tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning o‘ziga xos imkoniyatlari baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘t toshli ichak tutilishi va boshqa etiologiyali  ichak tutilishlaridan farqlash va samarali tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘t toshli ichak tutilishini tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8n-d/86-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘t toshli ichak tutilishini samarali tashxislash va jarrohlik amaliyotida videolaproskopik jarrohlik amaliyotining tatbiq etish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
o‘t toshli ichak tutilishini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning o‘ziga xos imkoniyatlari baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Jizzax viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08/09/19742-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘t toshli ichak tutilishini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning o‘ziga xos imkoniyatlarini baholashda ingichka ichak satxini aniqlanishi, avval abdominal tashrih o‘tkazilmagan va 60 yoshdan  yuqori bemorlarda nisbiy xavf yuqori ko‘rsatkichiga 5,89 ga ega bo‘lganligi hamda ishonchli interval 3,77-9,21 tengligi o‘t toshli ichak tutilishi tashxisotida katta ahamiyatga egaligi, davolash–tashxislash jarayoniga o‘t toshli ichak tutilishini operatsiyagacha tashxisini 22,2% dan  tavsiya etilgan tashxisot tartibidan keyin 77,3% gacha yaxshilanganligi hamda tavsiya etilganda esa kam invazivli laproskopik jarrohlik amaliyotining samaradorligini asoslash  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish