Babadjanov Jasurbek Kamiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlikdagi endogen zaharlanishni korreksiyalash usulini ishlab chiqish» mavzusidagi 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:. B2019.2.PhD/Tib983.
Ilmiy rahbar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Aqilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;. Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanik sariqlikda endogen zaharlanish kuzatilgan bemorlarni zamonaviy sorbsiya usulini joriy etish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
safro yo‘llarining tashqi drenajlashdan keyin dinamikada yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlik bilan kasallangan bemorlarda safroning biokimyoviy tarkibi, safro va qon zardobi tarkibidagi yallig‘lanish keltirib chiqaruvchi sitokinlar (o‘sma nekroz omili-α va interleykin-6) va o‘rta molekulyar peptidlar darajasiga bog‘liqligi asoslangan;
qon zardobi va safro tarkibida o‘rta molekulyar peptidlar va yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi sitokinlar miqdorining pasayishi negizida jigarning funksional holatini tiklanishi safro tarkibida safro kislotalari miqdorining oshishiga bog‘liqligi isbotlangan;
teri va jigar orqali xolangiostomadan keyin mexanik sariqlik bilan xastalangan bemorlarda mahalliy Lignova sorbentidan foydalangan holda safro sorbsiyasining yaxshilanishi orqali tananing endogen zaharlanishini kamayishi va jigarning funksional holatini tiklanishi isbotlangan;
yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlik kuzatilgan bemorlarda safro sorbsiyasini qo‘llash bemorlarni endogen zaharlanishni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etganligi sababli bemorlarni jarrohlik davolashning ikkinchi bosqichiga tayyorlashni takomillashtirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlikdagi endogen zaharlanishni korreksiyalash usulini ishlab chiqish ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlikdagi endogen zaharlanishni korreksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘t yo‘llarining organik shikastlanishlari diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 8n-r/538-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘t yo‘llarining organik shikastlanishlarini samarali tashxislash va davolashni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlikdagi endogen zaharlanishni korreksiya qilishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Mexanik sariqlikdagi endogen intoksikatsiyani korreksiyalash metodini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 8n-r/539-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usul mexanik sariqlikdagi endogen intoksikatsiyani korreksiyalash samaradorligini oshirgan va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
yaxshi va yomon sifatli etiologiyali obstruktiv sariqlikda endogen zaharlanishni korreksiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi jarrohlik bo‘limlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-z/321-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi yaxshi va yomon sifatli etiologiyali mexanik sariqlik kuzatilgan bemorlarda safro sorbsiyasini qo‘llash bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashning an’anaviy usullariga qaraganda palliativ va radikal jarrohlik aralashuvlarni endogen zaharlanishni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etganligi sababli ijobiy natijaga berish, teri va jigar orqali xolangiostoma qo‘llanilgandan keyin mexanik sariqlik  bilan asoratlangan biliopankreatodudenal soha kasalliklari kuzatilgan bemorlarni palliativ va radikal jarrohlik davolashning ikkinchi bosqichiga tayyorlashni takomillashtirish imkonini berish va bemorning hayot sifatini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish