Abdukadirov Farxod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yupqa konstruksiya elementlarining takroriy yuklanishlar ta’sirida chiziqsiz deformatsiyalanishi va hisoblash usullari”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1479.
Ilmiy rahbar: Abdusattarov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent Davlat Transport Universiteti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Razzaqov Saidmaqsud Rahmonovich, hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Berdiev Obloqul Boboqulovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uch qatlamli plitalar va qobiqlar tipidagi konstruksiyalarning yuk ko‘taruvchi elementlarini  deformatsiyalanishga oid nazariy holatlari va hisoblash uslublarini materiallarning fizik-mexanik va siklik tasniflarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqish, shuningdek, turli xil yuklanishlarda rigel tipidagi armaturalangan panellar va temirbeton konstruksiyalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘qqa nisbatan simmetrik qobiqli konstruksiyalarning halqasimon va gorizontal qovurg‘alar bilan mahkamlangan harakat tenglamalari materialning geometrik va fizik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
silindrik va sferik qobiq konstruksiyalarning kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holatini turli chegaraviy shartlar uchun chekli ayirmalar uslubini qo‘llab hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
elastik–plastik kompozit materialdan tashkil topgan uch qatlamli to‘rtburchak va doiraviy plitalarning egilishi modeli Lagranjning variatsion prinsipi asosida ishlab chiqilgan;
turli xil yuklanishlar ostidagi fazoviy konstruksiya – rigelni LIRA va ANSYS dasturiy ta’minotini qo‘llash asosida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zgaruvchan yuklanishlar ostida qobiq tipidagi konstruksiyalarning deformatsiyalanishini hisoblash uslubini yaratishda olingan ilmiy natijalar asosida:
chekli ayirmalar usuliga asoslanib ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va hisoblash sxemalari, hamda yaratilgan dasturiy ta’minotlar «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ, «Boshtransloyiha» AJ, «Ko‘prikqurilish-loyiha»UK korxonalari obektlariga tadbiq qilingan. Olingan natijalarni tatbiq etilishi ishlab chiqilgan uslublarning aniqligi va samaradorligi hisobiga hisoblash jarayonini 1,3 martaga qisqartirishga hamda loyihalash ishlari natijaviyligini 13-18% oshirish imkoniyatini bergan;
ilmiy natijalarni va hisoblash usullarini loyihalash amaliyotiga joriy etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi  8266/09-07-sonli ma’lumotnomasi) oqilona va texnik echimlarni izlash davrini qisqartirishga, kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash aniqligini oshirishga, temirbeton konstruksiyalarning materialtalabligini va konstruksiya elementlarining emirilishini, hamda eksperimental tadqiqod ishlari hajmini va ularni bajarishga  ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish