Najmitdinov Alisher Jamolitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2259.
Ilmiy maslahatchi: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Erkin Erkamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion taraqqiyoti jarayonida inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishining konseptual modeli, kreativ xodimning vakolatlariga yo‘naltirilgan sarmoya kiritish mehnat munosabati shaklining ishlab chiqarish omili sifatida o‘zgarishi ekanligini nazariy jihatdan izohlab beruvchi xodimning yangi bilimlari algoritmi ishlab chiqilgan;  
inson kapitalining shakllanish modeli, uning mehnatga layoqatli aholi tomonidan mehnat bozorining moslashuvchanligini oshirish maqsadida umri davomida to‘planishi va takroriy ishlab chiqarilishi asoslanib, munosib mehnat va ishchi o‘rinlarini egallash uchun ko‘nikma va vakolatlar shakllantirilgan;
innovatsion loyihalar va raqamli texnologiyalar sharoitida inson kapitali individual rivojlanishi komponentlari, shuningdek, xodimlar vakolatlarini aniqlash, o‘qitish va faoliyatini takomillashtirishning kompleks tizimi sharoitlarida xodimlarning kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy vakolatlarini muntazam rivojlanitirib borish zaruriyati asoslangan;
bandlik va mehnat munosabatlari tizimida inson kapitalini rivojlanitirish va innovatsion faoliyat samaradorligi darajalari uyg‘unligini rivojlanishning ssenariyli, qulay, qoniqarli va qoniqarsiz variantlarida baholashning asos matrisasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishining konseptual modeli, kreativ xodimning vakolatlariga yo‘naltirilgan sarmoya kiritish mehnat munosabati shaklining ishlab chiqarish omili sifatida o‘zgarishi ekanligini nazariy jihatdan izohlab beruvchi xodimning yangi bilimlari algoritmidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomil-lashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 18-band “Malakalar tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»” 6-ilovasi 9-tadbiri bo‘yicha munosib ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko‘nikmalarga ega bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar sonini oshirishni, shu asosda milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligi va mehnat unumdorligini oshirishni nazarda tutuvchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan inson kapitalini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘ytcha takliflarni asoslashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 26 aprel` kunidagi 01/00-05/09-3708-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlashga hamda milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligi va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan;
inson kapitalining shakllanish modeli, uning mehnatga layoqatli aholi tomonidan mehnat bozorining moslashuvchanligini oshirish maqsadida umri davomida to‘planishi va takroriy ishlab chiqarilishi asoslandi, shuningdek, munosib mehnat va ishchi o‘rinlarini egallash uchun ko‘nikma va vakolatlar shakllantirish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2020 yildagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj-lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son farmonida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida 192-tartibidagi “Ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish sifatini keskin oshirish hamda ushbu tizimga World Skills standartlarini keng joriy etish maqsadida, mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardosh-ligini oshirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 26 aprel` kunidagi 01/00-05/09-3708-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar natijasida World Skills standartlari asosida mamlakatda inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirishga xizmatga qilgan;
xodimlarning kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy vakolatlarini muntazam rivojlanitirib borish zaruriyati takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi “Malakalar tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»” 6-ilovasi 16-tadbiri “Mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini baholovchi tizimni shakllantirish, shu jumladan: mehnat bozorini monitoring qilishning va uning natijalarini baholashning tashkiliy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish; tarmoq kengashlari tomonidan ish bilan bandlikning, mehnat bozorida talab va taklifning kasblar va malakalar kesimida sifat va miqdor o‘zgarishlarini baholashni amalga oshirish uchun yangilangan yagona vositalarini ishlab chiqish”ni tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 26 aprel` kunidagi 01/00-05/09-3708-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Toshkent va Sirdaryo mehnat bozorlarida talab va taklifning kasblar va malakalar kesimida sifat va miqdor o‘zgarishlarini baholash darajasini oshirishga xizmat qilgan;
bandlik va mehnat munosabatlari tizimida inson kapitalini rivojlanitirish va innovatsion faoliyat samaradorligi darajalari uyg‘unligini rivojlanishning ssenariyli, qulay, qoniqarli va qoniqarsiz variantlarda baholashning asos matrisasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar`dagi PF-60-son “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 1-band 4-xatboshi bo‘yicha adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 26 aprel` kunidagi 01/00-05/09-3708-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda inson kapitalini rivojlanitirish va innovatsion faoliyat samaradorligini yanada oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish