Alimov Xikmat Tairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilishi tugatilmagan temirbeton karkasli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini tadqiqoti va ularni xisoblash uslublarini takomillashtirish”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1361.
Ilmiy rahbar: Shadjalilov Shokomil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Asqarov Baxtiyor Asqarovich; texnika fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilishi tugatilmagan temirbeton karkasli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalariga ta’sir etuvchi yuklar va tashqi muhitni hisobga olgan holda tadqiqot o‘tkazish va olingan natijalar asosida ularni hisoblash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qurilishi tugatilmagan binolar temirbeton konstruksiyalari beton mustahkamligini haqiqiy qiymatlarini aniqlashda olingan natijalar ishonchliligini oshirish uchun olib borilgan tajribalarga asoslanib ma’lumotlar sonini me’yoriy xujjat QMQ 2.01.03-19 6.2. bo‘limidagi ko‘rsatmalari va tavsiyalariga qaraganda ikki marotaba oshirish kerakligi aniqlangan;
yuk ko‘taruvchi temirbeton konstruksiyalarning beton mustahkamligini iqlimiy harorat va namlik ta’sirida o‘zgarishini va armatura korroziyasi darajasini aniqlash uchun matematik modellar ishlab chiqilgan;
temirbeton to‘sinlarning egilishini amaldagi me’yorlar bo‘yicha hisoblash uchun ayrim koeffisientlar ( va ) qiymatlarini belgilashda harorat va namlikni inobatga olgan xolda o‘rnatish zarurati belgilangan;
qurilishi tugatilmagan temirbeton karkasli binolarni seysmik ta’sirlarga hisoblashda tadqiqot davrida olingan natijalarni qo‘llash orqali qurilishni davom etirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qurilishi tugatilmagan temirbeton karkasli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini tadqiqoti va ularni hisoblash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘tkazilgan texnik va ilmiy tadqiqotlar asosida Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida o‘ttiz yildan ko‘proq muddatda qurilishi tugatilmagan bir va sakkiz qavatli temirbeton karkasli binolarning tadqiqot natijalariga ko‘ra ularni rekonstruksiya loyihasini yaratishga berilgan tavsiyalar “ARXITEKTURA, QURILISH, INTEGRATSIYA VA INNOVATSIYA MARKAZI” amaliyotida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi №09-06/555-son ma’lumotnomasi). Natijada buyutmachi «TEXMETPLAST» MChJ tekshirilgan binolarni ekspluatatsiyaga kiritish uchun kerakli qayta qurish ishlarini davom ettirish imkonini bergan;
yaratilgan matematik modellardan foydalanish dasturlari intellektual mulk sifatida qayd qilindi va o‘rnatilgan tartibda ularga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnomalar olindi. Armaturaning korroziyadan emirilishini aniqlash uchun berilgan matematik model “Qishloqqurilishloyiha” MChJ tomonidan qayta ishlanayotgan QMQ 2.01.16-97 “Turar joy binolarining jismoniy emirilishini baholash qoidalari” me’yoriy hujjatiga kiritish uchun qabul qilindi hamda ushbu modellar Toshkent arxitektura-qurilish institutining o‘quv jarayonida foydalanildi. Ular 7073030 - “Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalash” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanadigan magistrlar uchun “Bino va inshootlarni qayta qurish, tekshirish va sinovdan o‘tkazish” fanidan magistrantlarni o‘qitish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi №09-06/555-son ma’lumotnomasi). Natijada matematik modellar va tayyorlangan dasturlardan foydalanish beton mustahkamligini va armatura korroziyasini aniqlashda ishonchlilik darajasi ortishiga imkon yaratgan va o‘quv jarayonida qo‘llash institutda tayyorlanayotgan kadrlar sifatini bevosita oshirishga xizmat qilish imkonini bergan;
temirbeton konstruksiyalarni tashqi yuklar va atrof muhitning salbiy ta’sirini inobatga olib ularning mustahkamlik va deformatsiyalarini hisoblash uchun berilgan tavsiyalar loyiha instituti “TashGIPROGOR” AJ hamda “MASSHTAB PROEKT - STROY” MChJ va “ARCHITECTURE AND ENGINEERRING GROUP” MChJlar amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi №09-06/555-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash qurilishi tugatilmagan temirbeton karkasli binolarni yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini ishonchlilik darajasini oshirshga va rekonstruksiya loyihasini talab darajasida bajarish imkonini bergan.