Yaxshiboev Shuxratbek Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti meva-sabzavot omborlarida tabiiy sovuqlikni akkumulyasiyalashning energiya samarador tizimini ishlab chiqish”, 05.05.04-“Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1016.
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Vardiyashvili Aftandil Asqarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er osti meva-sabzavot omborlarida nostatsionar issiqlik almashinuvini tadqiqot qilish asosida tabiiy sovuqlikni akkumulyasiya qilish tizimini ishlab chiqish va issiqlik-texnik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti meva-sabzavot omborining tuproq massivida joylashtirilgan tabiiy sovuqlik akkumulyatori quvuri sirtidan istalgan masofada va vaqt ichida  tuproq harorati o‘zgarishini hisoblash imkonini beradigan nostatsionar issiqlik almashinuvi jarayonining  matematik modeli va akkumulyator quvurining issiqlik berish koeffisientini hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
sovutish kamerasi havosi va tuproq massivi orasidagi issiqlik almashinuvining fizik parametrlari va nostatsionar harorat rejimini hisobga olib, sovuq havo sarfi va sovutish davomiyligiga bog‘liq ravishda tabiiy sovuqlik akkumulyatorli er osti meva-sabzavot ombori ichki havosi haroratining o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan issiqlik balansining matematik modeli ishlab chiqilgan;
qayta tiklanadigan tashqi havo tabiiy sovuqligini er osti meva-sabzavot omborining tuproq massivida akkumulyasiyalash va undan mahsulotlarni sovutishda foydalanishni ta’minlaydigan tabiiy sovuqlik tuproq akkumulyatorli takomillashtirilgan issiqlik-texnik qurilma ishlab chiqilgan;
er osti meva-sabzavot omborining aktiv ventilyasiya tizimi bilan kombinatsiyalashgan, bir vaqtda sovutish va ventilyasiya vazifasini bajarish imkonini beradigan tabiiy sovuqlik tuproq akkumulyatorli energiya samarador  sovuqlik ta’minoti tizimining takomillashtirilgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti meva-sabzavot omborlarining avtonom sovuqlik ta’minoti tizimlari uchun energiya samarador tabiiy sovuqlikni akkumulyasiyalash tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
er osti meva-sabzavot omborlarining sovuqlik ta’minoti tizimlari uchun tabiiy sovuqlik tuproq akkumulyatori qurilmasi Qashqadaryo viloyatining "Bog‘izar Varganza" MChJda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 fevraldagi №07/35-04/585-son ma’lumotnomasi). Natijada, sig‘imi 500 tonna bo‘lgan meva-sabzavot omborlarida mahsulotlarni saqlash davrida 60-68 foizgacha elektr energiyasini tejalishiga erishilgan;
aktiv ventilyasiya tizimi bilan uyg‘unlashtirilgan, tabiiy sovuqlik tuproq akkumulyatorli er osti meva-sabzavot omborining energiya samarador sovuqlik ta’minoti tizimining texnologik sxemasi Qarshi shahridagi "Shaxnur freezer industry" MChJda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 fevraldagi №07/35-04/585-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy sovutish tizimlariga nisbatan mahsulotlarni saqlash davrida 315,6 mln so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish