Pulatova Nodiraxon Sobirjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson huquqlarini himoya qilishda sud hujjatlarining rolini kuchaytirish», 12.00.01-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.Dsc/Yu149.
Ilmiy maslahatchi: Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xamraev Anvar Axmadalievich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxitdinova Farruxa Faxriddinova, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson huquqlarini himoya qilishda sud hujjatlarining rolini ochib berish, sud tomonidan himoya qilish mexanizmini hamda sud qarorlarining samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud hujjatlariga birdek taaluqli bo‘lgan prinsiplar mustahkamlanishi, oqibatda hamma sud ishlarini yuritishda huquqni qo‘llash jarayonining barcha bosqichlarida sud hujjatlariga nisbatan yagona qoidalar amal qilishi asoslantirilgan;
da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini javobgarga va uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish mumkinligi asoslangan;
inson huquqlarini himoya qilish maqsadida sud`ya odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan fuqarolarning yozma roziligisiz bepul olish huquqiga ega ekanligi asoslab berilgan;
sud`yaning sud`yalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi zarurligi asoslangan;
normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan ijtimoiy huquqiy munosabatlar sud hujjatlari vositasida tartibga solinishi mumkinligi asoslangan.
sud hujjatlarining ijro samaradorligini kuchaytirish maqsadida lisenziyalangan xususiy sud ijrochilari ham ishlaydigan aralash tizimga o‘tish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson huquqlarining sudda himoya qilinishiga oid qonunchilikni hamda tegishli sud hujjatlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
sudlarda ishlarni yuritish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga “sud hujjatlarini axborot tizimidan foydalanib, elektron hujjat ko‘rinishida shakllantirilishi mumkin”degan qo‘shimcha kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 martdagi “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-607-son qonunining 4-moddasi birinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 15 dekabrdagi ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 30 noyabrdagi 40-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi sud hujjatlarini qabul qilish tartibini soddalashtirib va sud jarayoni ishtirokchilarining sud hujjatlaridan foydalanish huquqini amalga oshirishida yordam berib, fuqarolarning huquqlari himoya qilinishiga imkon bergan;
da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini javobgarga va uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish mumkinligini qonun hujjatlarida mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 martdagi “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-607-son qonunining 4-moddasi uchinchi qismida amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 19 noyabrdagi 36-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish huquqlari mustahkamlanishiga va sud protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini kuchaytirishga xizmat qilgan;
inson huquqlarini himoya qilish maqsadida sud`ya odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan fuqarolarning yozma roziligisiz bepul olish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi qoidani belgilash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 28 iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-515-son qonunining 61-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 19 noyabrdagi 36-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi sud`yaning sud ishini yuritish jarayonida inson huquqlarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha vakolatlari kengayishiga xizmat qilgan;
sud`yaning sud`yalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 28 iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-515-son qonunining 61-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 19 noyabrdagi 36-son ma’lumotnomasi). Qonun hujjatlariga mazkur normaning kiritilishi sud`yalar tuzilmalari orqali inson huquqlarini ta’minlash jarayonida sud`yaning imkoniyatlaridan kengroq foydalanilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish