Azimova Lola Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek mumtoz adabiyotida islom tarixiga oid voqealarning badiiy ifodasi (XVII-XIX asrlar)”, 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.P111//G‘il1252.
Ilmiy rahbar: Rafiddinov Sayfiddin Sayfulloh o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmonova Zulayho Jamolovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida mavjud islom tarixi voqealarini badiiy ifodalagan asarlarni qo‘lyozma va toshbosma manbalar asosida badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVIII-XIX asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida islom tarixiga oid qissalar va voqealar bayonida ta’sirchanlikni ta’minlash hamda nisbatan oson yodlanuvchi masnaviy janridan keng foydalanish an’anasining shakllangani Sobir Sayqaliy, Jahon otin Uvaysiy, Xolis Toshkandiy hamda Abduqayum Vahmiyning mazkur yo‘nalishdagi 7 ta asari tahlili vositasida ochib berilgan;
“Sayyid Battol G‘oziy”, “Qissai Imom Husayn”, “Qissai Karbalo” kabi XVII-XIX asrlarda mavjud arab va fors-tojik tilidagi qissalar ijodkorlar tomonidan ijodiy yondashuv asosida tarjima qilish yoki tarixiy voqealar syujetini qayta ishlash jarayonida ularga turkiy xalqlar xarakteri-xususiyatlarini singdirish orqali o‘zbek adabiyotining mazkur davri badiiy asarlar bilan boyiganligi aniqlangan;
Xolis Toshkandiy Qusam ibn Abbos, Jarir ibn Muhammad va Shoh Fazl nomi bilan bog‘liq “Shohizinda” (شاه زنده), “Safed Bulon” (سفيد بولان) hamda “Shoh Fozil” (شاه فاضل) ziyoratgohlariga xalqning ixlosi yuqori bo‘lganligini anglagan holda xalqona uslubda “Qissai Qusam ibn Abbos” va “Qissai shoh Jarir” asarlarini yozganligi sababli ularning xalq orasida mashhur bo‘lishiga hamda shaxsiy kutubxonalarda ko‘plab nusxalari saqlanishiga olib kelganligi isbotlangan;
payg‘ambarlar va islom tarixi bilan bog‘liq voqealar bayoniga bag‘ishlangan kitoblarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Haqiqiy musulmon tili va qo‘li bilan ozor bermas” va “Agar odam ikki ming yil umr ko‘rsa ham oxiri o‘lmoqdir” kabi hadis hamda nasihatomuz so‘zlar qahramonning o‘zlashtirma gapi sifatida qo‘llanilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida islom tarixiga oid voqealarning badiiy ifodasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
XVIII-XIX asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida islom tarixiga oid qissalar va voqealar bayonida ta’sirchanlikni ta’minlash nisbatan oson hamda yodlanuvchi masnaviy janridan keng foydalanish an’anasining shakllangani Sobir Sayqaliy, Jahon otin Uvaysiy, Xolis Toshkandiy hamda Abduqayum Vahmiyning mazkur yo‘nalishdagi 7 ta asari tahlili vositasida ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Imom Termiziy”, “Hakim Termiziy” va “Samandar Termiziy” kabi kitoblar mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 21 iyundagi 01-07/132-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning diniy syujetli asarlarga qiziqishining oshishi hamda ularda etarlicha ko‘nikma hosil qilishga xizmat qilgan;
“Sayyid Battol G‘oziy”, “Qissai Imom Husayn”, “Qissai Karbalo” kabi XVII-XIX asrlarda mavjud arab va fors-tojik tilidagi qissalar ijodkorlar tomonidan ijodiy yondashuv asosida tarjima qilish yoki tarixiy voqealar syujetini qayta ishlash jarayonida ularga turkiy xalqlar xarakteri-xususiyatlarini singdirish orqali o‘zbek adabiyotining mazkur davri badiiy asarlar bilan boyiganligi aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi PQ-4436-son qarori 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida nashr etilgan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 11 maydagi 02-03/3659-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy ma’lumotlar olish barobarida o‘quvchilarda sog‘lom e’tiqod va bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirishga xizmat qilishga erishilgan;
Xolis Toshkandiy Qusam ibn Abbos, Jarir ibn Muhammad va Shoh Fazl nomi bilan bog‘liq “Shohizinda” (شاه زنده), “Safed Bulon” (سفيد بولان) hamda “Shoh Fozil” (شاه فاضل) ziyoratgohlariga xalqning ixlosi yuqori bo‘lganligini anglagan holda xalqona uslubda “Qissai Qusam ibn Abbos” va “Qissai shoh Jarir” asarlarini yozganligi sababli ularning xalq orasida mashhur bo‘lishiga hamda ko‘plab shaxsiy kutubxonalarda saqlanib qolinishiga olib kelganligi isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 28 apreldagi 02/218-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-nazariy bilimlarni shakllantirish barobarida sharq mumtoz asarlar haqida birlamchi ma’lumotlarni olish imkonini berishi bilan muhim ahamiyat kasb etgan;
payg‘ambarlar va islom tarixi bilan bog‘liq voqealar bayoniga bag‘ishlangan kitoblarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Haqiqiy musulmon tili va qo‘li bilan ozor bermas” va “Agar odam ikki ming yil umr ko‘rsa ham oxiri o‘lmoqdir” kabi hadis hamda nasihatomuz so‘zlar qahramonning o‘zlashtirma gapi sifatida qo‘llanilgani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” va “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” nomli turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 09 iyundagi 02-40-988-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar mazmunini nazariy jihatdan oshirishga hamda ilmiy dalillar bilan yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish