Gadoeva Mavlyuda Ibragimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida somatizmlarning semantik-pragmatik tadqiqi (fol`klorning kichik janrlari misolida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil.294.
Ilmiy maslahatchi: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanazarova Guljahon Umirzakovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi somatizmlarning semantik-pragmatik belgilarini fol`klorning maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ish kabi janrlari misolida asoslash orqali ularning til va nutqdagi o‘rnini, lisoniy, milliy-madaniy, gender, denotativ-konnotativ, diaxron-sinxron, stilistik-funksional, kognitiv, konseptual tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek xalqida inson tana a’zolarini ifodalovchi lug‘aviy birliklar – somatizmlarning til va nutqdagi, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra shakldoshlik (omonimlik), ma’nodoshlik (sinonimlik), antonimlik (zidlik) hosil qila olishi kabi leksik-semantik, kognitiv-pragmatik, konseptual-uslubiy xususiyatlari, diaxron va sinxron aspektlardagi davriy qatlami aniqlangan;
ingliz va o‘zbek maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ishlarida somatizmlar ifodasi bilan bog‘liq ideoetnik fikrlash jarayoni tadriji, somatizmlarning marosim, urf-odatlar nomlari, ayrim frazeologizmlar shakllanishidagi shaxs tavsifi yoki lirik qahramonning ruhiy holati tasvirining ahamiyati, lingvomadaniy, etnopsixologik asoslari dalillangan;
og‘zaki hamda yozma asarlarda somatizmlardan foydalanishning an’anaviyligi, poetik takomili, denotativ va konnotativ, gender, milliy-madaniy xususiyatlari, semantik strukturasi, konseptual talqiniga xos makro va mikro semantik maydonlar ko‘rinishidagi tipologik va somatizmlarning uyadoshlik, ya’ni giperonimlik tabiati, tajnis bo‘lganda omonimlik, tazod bo‘lganda antonimlik xususiyati namoyon bo‘lishi kabi differensial belgilar asoslangan;
somatizmlarning ingliz va o‘zbek tillarida semantik jihatdan muqobil kelishi, fol`klorning qo‘shiq, maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ish kabi kichik janrlarida o‘sha janr tabiati bilan bog‘liq qo‘llanishi asoslangan;
bitta maqol, topishmoq, olqish yoki qarg‘ishda bir yoki undan ortiq somatizm sinonimlik, antonimlik, omonimlik, giperonimlikda qo‘llanishi, yakka, juft, takror ko‘rinishlarda kelishi, turli badiiy san’atlarning yuzaga chiqishida ishtirok etishi konfrontativ uslubda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Somatizmlarning ingliz va o‘zbek tillarida maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ish kabi fol`klorning kichik janrlarini semantik-pragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ishlarda somatizmlarning ifodalanishi bilan bog‘liq semantik-pragmatik xususiyatlarni ochib berish yuzasidan olingan ilmiy natija va amaliy takliflar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zRFA QQB Qaraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 05 noyabrdagi 17.01/285-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ish janrlari kabi qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodidagi kichik janrlarda ham somatizmlarning turli leksik-ma’noviy, strukturaviy turlari lingvopoetik belgilarda namoyon bo‘lishi haqida qoraqalpoq fol`klorshunosligida yaratilgan tadqiqotlar tarixi oydinlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi somatizmlarning til va nutqdagi o‘rnini, semantik-pragmatik xususiyatlarini fol`klorning kichik janrlari misolida qiyosiy aniqlash, somatizmlarning leksik-semantik mohiyatini, kognitiv-pragmatik, denotativ hamda konnotativ, diaxron va sinxron, gender jihatlarini yoritish bilan bog‘liq xulosalardan “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasini amalga oshirishda Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP da foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 20 noyabrdagi 3105/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek maqol, topishmoq, olqish, qarg‘ish janrlari bo‘yicha O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish”da yaratilgan tadqiqotlar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining o‘zaro o‘xshashligi va farqlari, semantik-pragmatik tadqiq jarayonida shu kabi tafovutlarning berilishi, somatizmlarning til va nutqdagi o‘rni, semantik-pragmatik xususiyatlari fikrning qanday maqsadga yo‘naltirilganligi, bitta maqol, topishmoq, olqish yoki qarg‘ishda bir yoki undan ortiq somatizm sinonimlik, antonimlik, omonimlik, giperonimlikda qo‘llanishi, yakka, juft, takror ko‘rinishlarda kelishi, turli badiiy san’atlarning yuzaga chiqishida ishtirok etishi konfrontativ uslubda isbotlangan bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 noyabrdagi 1/308-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishda, telekompaniya ijodiy jamoasining sohaviy, keng omma tinglovchilarining lingvokul`turologik bilimlari boyitilishiga, ingliz va o‘zbek tillarini chuqur o‘zlashtirishda somatizmlarning o‘rnini, mazmun-mohiyatini, bildirilgan fikrni teletomoshabinlarga mantiqiy etkazishni boyitishga erishilgan, shuningdek ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmunining mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.