Jarimbetov Erpolat Kurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq matbuotida adabiyot masalalarining talqini: yondashuvlar, tendensiyalar va muammolar” (“Erkin Qaraqalpaqstan”, “Qaraqalpaqstan jaslari”, “Ustaz joli” gazetalari misolida. 2000 yillar), 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil915.
Ilmiy rahbar: Irnazarov Kudrat Tuganovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanov Nasimxon, filologiya fanlari doktori, professor; Tashpulatova Naziyra, filologiya fanlari nomzodi, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davridagi Qoraqalpog‘iston matbuotida (2000 yillar) adabiyot va adabiyotshunoslik (adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid) mavzusidagi materiallarning tematik yo‘nalishlarini va ularning o‘ziga xos janriy, uslubiy xususiyatlarini milliy va jahon jurnalistikasi tajribalari kontekstida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston matbuotida adabiyot mavzusining yoritilishi doimiy mualliflarning asosiy guruhi mutaxassis adabiyotshunoslardan iborat ekani va ularning materiallarida shaxsiy pozisiya, ilmiy tahlilga moyillik, argumentlar va dalillarga asoslanganlik ustunlik qilishi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston matbuotida adabiyot mavzusi mustaqillikdan oldin adabiy tanqidchilik uslubida ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida adabiyotning matbuotda aks etish holatlarida adabiy tanqidchilik unsurlari kamayib borayotgani, matbuot adabiyot targ‘ibotchisi sifatidagi roli ortib borayotgani aniqlangan;
adabiyot mavzusidagi jurnalistlar va mutaxassis adabiyotshunoslar tayyorlagan materiallar bir-biridan uslubiy jihatdan obrazlilik va faktologik yondashuvga qo‘ra, janriy jihatdan axborot va tahliliy yondashuv bo‘yicha, tematik jihatdan esa tanqidiy va targ‘ibotga yo‘naltirilganligi asosida farqlanishi dalillagan;
matbuotda adabiyot mavzusida yoritilgan materiallar kontent-tahlili asosida badiiy hodisalarni ochib berishda mualliflar til vositalari sifatida, adabiy tilning o‘quvchiga emotsional ta’sir etish elementlari, badiiy leksikani keng ko‘llashi, ritorik murojatlar, troplar, epitetlar kabi uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalangani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  Matbuotda adabiyot mavzusining aks ettirilish xususiyatlari tahlili bo‘yicha erishilgan natijalar, ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘iston matbuotida adabiyot mavzusining yoritilishi doimiy mualliflarning asosiy guruhi mutaxassis adabiyotshunoslardan iborat ekani va ularning materiallarida shaxsiy pozisiya, ilmiy tahlilga moyillik, argumentlar va dalillarga asoslanganlik ustunlik qilishi isbotlangan, adabiyot mavzusi mustaqillikdan oldin adabiy tanqidchilik uslubida ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida adabiyotning matbuotda aks etish holatlarida adabiy tanqidchilik unsurlari kamayib borayotgani, matbuot adabiyot targ‘ibotchisi sifatidagi roli ortib borayotgani xususidagi takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston jurnalistlar uyushmasining 2019 yil 4 sentyabrdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning adabiyot mavzusini yoritishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini yanada kengroq o‘zlashtirishga va kasbiy mahorati oshishiga yordam bergan;
adabiyot mavzusidagi jurnalistlar va mutaxassis adabiyotshunoslar tayyorlagan materiallar bir-biridan uslubiy jihatdan obrazlilik va faktologik yondashuvga qo‘ra, janriy jihatdan axborot va tahliliy yondashuv bo‘yicha, tematik jihatdan esa tanqidiy va targ‘ibotga yo‘naltirilganligi asosida farqlanishi, matbuotda adabiyot mavzusida yoritilgan materiallar kontent-tahlili asosida badiiy hodisalarni ochib berishda mualliflar til vositalari sifatida, adabiy tilning o‘quvchiga emotsional ta’sir etish elementlari, badiiy leksikani keng ko‘llashi, ritorik murojatlar, troplar, epitetlar kabi uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalanganiga oid fikr-mulohazalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 martdagi 05-22/170-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyoti mavzusining taraqqiy etish davrlari, matbuotning janr xususiyatlari, kompozision birliklari xususidagi chiqishlari o‘zining ilmiy-amaliy jihatdan yangiligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi va yosh avlodni badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini o‘stirishda vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyatga kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish