Ernazarova Iroda Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili (Eshqobil Shukur ijodi misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1945.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamidov Abdumalik Kironovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muallif neologizmlarini so‘z yasalishi, tarkibiy-mazmuniy va funksional aspektlari, so‘z ijodkorligining iste’dodli o‘zbek shoiri Eshqobil Shukur idiostilini shakllantirishdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda so‘z ijodkorligi masalasi til va nutq dialektikasini, nutqning xususiylik, o‘zgaruvchanlik kabi belgilarini farqlashdan boshlanganligi aniqlangan;
Eshqobil Shukur uslubining shakllanishiga sodda va qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi so‘zboz, vatanboz, millatxo‘r, sohibkamol, murakkabdil, kuysuluv kabi ijodiy-individual yasalmalar turtki bo‘lganligi aniqlanib, ularning olam lisoniy tasvirini yaratishdagi kognitiv-konseptual mohiyati ochib berilgan;
shoir uslubini shakllantirgan ijodiy yasalmalarning paydo bo‘lishiga qofiya talabi‚ fikrga alohida e’tiborni qaratish‚ yangi tushuncha ifodalash ehtiyoji kabi jihatlar sabab bo‘lganligi‚ so‘z ijodkorligining muallif poetik salohiyati, lisoniy-mantiqiy fikrlash darajasi, olam va odamning o‘zaro munosabati haqidagi tasavvurlarini ifodalash qobiliyati bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
so‘z ijodkorligining asoslari lisoniy-poetik izlanish‚ so‘zning leksik‚ grammatik‚ stilistik ma’nolari tarixi va taraqqiyot omillari ekanligi isbotlanib, yangi so‘z yasash‚ so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash hamda so‘zlar etimologiyasini aniqlash kabilar tilni boyitishga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili natijasida qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalar:
tilshunoslikda so‘z ijodkorligi masalasi til va nutq dialektikasini, nutqning xususiylik, o‘zgaruvchanlik kabi belgilarini farqlashdan boshlanganligiga oid xulosalardan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 6 sentyabrdagi 17-01/234-son dalolatnomasi). Natijada, tilni lingvomadaniy, kognitiv, sotsiolingvistik va psixolingvistik kabi zamonaviy yo‘nalishlarda tadqiq etish samaradorligi oshgan.
Eshqobil Shukur uslubining shakllanishiga sodda va qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi ijodiy-individual yasalmalar turtki bo‘lganligi aniqlanib, ularning olam lisoniy tasvirini yaratishdagi kognitiv-konseptual mohiyatini o‘rganishga oid xulosalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 10 sentyabrdagi 17-01/272-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, monografiyalarning hamda fol`klor asarlarning til xususiyatlarini o‘rganishga oid olib borilgan izlanishlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
shoir uslubini shakllantirgan ijodiy yasalmalarning paydo bo‘lishiga qofiya talabi‚ fikrga alohida e’tiborni qaratish‚ yangi tushuncha ifodalash ehtiyoji kabi jihatlar sabab bo‘lganligi‚ so‘z ijodkorligining muallif poetik salohiyati, lisoniy-mantiqiy fikrlash darajasi, olam va odamning o‘zaro munosabati haqidagi tasavvurlarini ifodalash qobiliyati bilan bog‘liqligi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-03/1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘garak a`zolarini o‘zbek adabiyoti an’analariga munosib hissa qo‘shayotgan ustoz ijodkor Eshqobil Shukur ijodi haqida yangi ma’lumotlar topishga ilhomlantirgan va ularning tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
so‘z ijodkorligining asoslari lisoniy-poetik izlanish‚ so‘zning leksik‚ grammatik‚ stilistik ma’nolari tarixi va taraqqiyot omillari ekanligi isbotlanib, yangi so‘z yasash‚ so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash hamda so‘zlar etimologiyasini aniqlash kabilar tilni boyitishga xizmat qilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugunning gapi”, “Boboso‘z” ko‘rsatuvlarining bir qator  ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-16/168-son ma’lumotnomasi). Natijada, Eshqobil Shukurning “Bobo so‘z izidan” asarida keltirilgan o‘ziga xos xalqona so‘z, maqol, matallarning semantik jihatlari  omma e`tiboriga havola etilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish