Rasulova Istoda Abdulatifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvomadaniy interferensiya hamda uni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4 PhD/Fil647
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interferensiya hodisasining lisoniy tabiati, ko‘ptilli muhit sharoitida til o‘rganishni engillashtirish, til o‘qitishda yuzaga keladigan interferensiya bilan bog‘liq xatoliklarning oldini olish, kishilarda nutq madaniyati hamda so‘zlashuv odobini shakllantirishda interferensiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tillararo aloqalarning mazmun va ifoda asosidagi asimmetrik munosabatlarning mavjudligi, ma’lum bir tilning semantik va ifodaviy xususiyatlarini boshqa tilga mental transformatsiyalash orqali lisoniy kodlarni almashtirish va uzatish hollarining tillararo interferensiya hodisalarining markazida yotishi asoslangan;
bilingv va trilingvlarning tafakkurida grammatik va leksik interferensiyaga yo‘l ochadigan oraliq «aralash» lisoniy zonaning shakllanishi, turli xil til tizimlari unsurlarining bu zonada to‘planishi hamda fikrni interferentiv yo‘l bilan ifodalashi aniqlangan;
o‘zbek-tojik, o‘zbek-rus bilingvizmi, o‘zbek-tojik-rus trilingvizmi holatlarining ijtimoiy aloqalarga tayanuvchi sotsiolingvistik va madaniy hamda mental aloqalarni o‘z ichiga oluvchi lingvokul`turologik aspektlari aniqlanib, lingvistik va metalingvistik transformatsiya natijasida yuzaga keladigan fonetik, morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik interferensiya, ularning jamiyatdagi lisoniy vaziyatga, farmatsevtik va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlarining lisoniy muloqot bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan;
Samarqand shahriga xos bilingvizm va trilingvizm hollari tillararo aloqalar va ta’sir, ijtimoiy-ta’limiy jarayonlar, tillararo mushtaraklik va nomushtaraklik, til egasining ijtimoiy-madaniy va ta’limiy maqomi kabi jihatlar bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek jamiyatidagi bilingvizm va trilingvizm, bu lisoniy muhitlarda kishilar nutqida vujudga keluvchi interferensiya hodisasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tillararo aloqalarning mazmun va ifoda asosidagi asimmetrik munosabatlarning mavjudligi, ma’lum bir tilning semantik va ifodaviy xususiyatlarini boshqa tilga mental transformatsiyalash orqali lisoniy kodlarni almashtirish va uzatish hollarining tillararo interferensiya hodisalarining markazida yotishiga asoslangan xulosalardan 2012–2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» nomli fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 7 sentyabrdagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi).  Natijalar fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar, badiiy matn va nutq haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
bilingv va trilingvlarning tafakkurida grammatik va leksik interferensiyaga yo‘l ochadigan oraliq «aralash» lisoniy zonaning shakllanishi, turli xil til tizimlari unsurlarining bu zonada to‘planishi hamda fikrni interferentiv yo‘l bilan ifodalashi xususidagi xulosalaridan 2017–2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» nomli fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 7 sentyabrdagi  17.01/218-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek-tojik, o‘zbek-rus bilingvizmi, o‘zbek-tojik-rus trilingvizmi holatlarining ijtimoiy aloqalarga tayanuvchi sotsiolingvistik va madaniy hamda mental aloqalarni o‘z ichiga oluvchi lingvokul`turologik aspektlari aniqlanib, lingvistik va metalingvistik transformatsiya natijasida yuzaga keladigan fonetik, morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik interferensiya, ularning jamiyatdagi lisoniy vaziyatga, farmatsevtik va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlarining lisoniy muloqot bilan bog‘liq taraflari ochib berilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati va tadbirlarida, jumladan, badiiy tarjimada yuzaga keladigan interferentiv xatoliklar va ularning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish yo‘l-yo‘riqlari haqida tushuncha, obrazlarning o‘ziga xosligini ko‘rsatish uchun uning asar personajlarining o‘z nutqida parallel foydalanishi haqida aytilgan xulosalaridan badiiy kengash va badiiy seminarning faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Boshqaruvining 2021 yil 23 oktyabrdagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada Yozuvchilar uyushmasida ijodkor yoshlar bilan ishlashda qo‘l kelgan, ijodkorlarning badiiy mahorati hamda lisoniy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish