Matnazarova Karomat Otaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (boshlang‘ich ta’lim misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped497.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Raxmonqulova Nargiza Xodjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik xususiyatlari shaxslararo, guruhiy, jamoaviy manfaatlar va qadriyatlarga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir mexanizmlarini mustaqil faoliyatning diversifikatsion strategiyalar bilan adaptivligini kasbiy rivojlantirish muhitida ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish modeli usti va osti komponentlari tizimining rejasini tuzish, vaziyatni baholash, ishtirokchilar harakatlarini yo‘naltirish, ishbilarmonlik muhiti bosqichlariga integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ishlar jarayonida talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari bo‘lajak mutaxassislarda pedagogik mas’uliyat ko‘nikmalari hamda darsni erkin reglamentli loyihalashtirish kabi metodik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyalarining produktivlik darajasi barqarorligini empirik baholash asosida ishlab chiqilgan;
pedagogik amaliyotni tashkil etishning metodik tizimi talabalarda refleksivlik, kommunikativlik kabi kasbiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kasbiy rivojlanish muhitiga “talaba-mentor” avtodidaktik munosabat elementini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik hususiyatlari shaxslararo, guruhiy, jamoaviy manfaatlar va qadriyatlarga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir mexanizmlariga oid taklif va xulosalardan “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 maydagi 191-son buyrug‘i). Natijada, talabalarining kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish modeli usti va osti komponentlari tizimining rejasini tuzish, vaziyatni baholash, ishtirokchilar harakatlarini yo‘naltirish, ishbilarmonlik muhiti bosqichlariga oid taklif va xulosalardan “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 26 dekabrdagi 507-son buyrug‘i). Natijada talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishbilarmonlik o‘yinlari to‘plami ishlab chiqilgan;
mustaqil ishlar jarayonida talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari bo‘lajak mutaxassislarda pedagogik mas’uliyat ko‘nikmalari hamda darsni erkin reglamentli loyihalashtirish kabi metodik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyalarining produktivlik darajasi barqarorligini empirik baholashga oid taklif va xulosalardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 26 fevraldagi 51-son buyrug‘i). Natijada talabalarning kasbiy ko‘nikmalari shakllanganligini baholashning informatsion va analitik mezonlari ishlab chiqilgan;
pedagogik amaliyotni tashkil etishning metodik tizimi talabalarda refleksivlik, kommunikativlik kabi kasbiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kasbiy rivojlanish muhitiga “talaba-mentor” avtodidaktik munosabat elementiga oid taklif va xulosalardan “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i). Natijada talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.