Dolimova Maxfuza Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rekurrent shizofreniyaning remissiyalarida psixopatologik simptomatika dinamikasiga bog‘liq holda progredientlik bo‘yicha kechish variantlarining xususiyatlari va qaytalanishlarini oldini olish», 14.00.43 - Profilaktik tibbiyot va 14.00.18 - Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib954.
Ilmiy rahbar: Agranovskiy Mark Leyzerovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: rekurrent shizofreniyaning remissiyalarida psixopatologik buzilishlar dinamikasiga bog‘liq holda progredientlik bo‘yicha kechish variantlarini o‘rganish, ajratish va tavsiflash; kasallikning ijtimoiy-premorbid, klinik omillari kompleksi va ajratilgan variantlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rekurrent shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning ijtimoiy-premorbid xususiyatlari kompleksi o‘rganilgan va ularning variantlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
kasallik dinamikasidagi klinik omillar kompleksi va ularni rekurrent shizofreniyaning variantlari bilan bog‘liqligi asoslangan;
rekurrent shizofreniyaning remissiyalaridagi psixopatologik simptomatika dinamikasiga bog‘liq holda progredientlik bo‘yicha klinik variantlari aniqlangan;
qaytalanishlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan va rekurrent shizofreniyaning variantlari va jarayonning progredientlik tempi o‘rtasidagi bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shizofreniyaning remittirlashgan turdagi kechishini biologik, ijtimoiy va klinik omillarini tartiblash majmuasining prognostik ahamiyatini baholash ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida.
rekurrent shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda olib borilgan klinik-epidemiologik prognozini diagnostika usullari bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Shizofreniyaning remittirlashgan turdagi kechishini biologik va ijtimoiy omillarini tartiblash majmuasining prognostik ahamiyatini baholash uchun terapevtik va profilaktik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/541-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shizofreniyaning har ikkala va har biri alohida turi uchun ishonchli muxim bo‘lgan erta prognoz mezonlarini aniqlash imkonini bergan;
remittirlashgan tipdagi kechuvchi shizofreniyaning biologik va ijtimoiy omillar kompleksini prognoz qilish bo‘yicha olingan tadqiqotlarning ilmiy natijalari Farg‘ona va Namangan viloyat psixiatriya shifoxonalarining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 maydagi 08-12712-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarni kasalxonaga yotqizish chastotasining pasayishi, yotoq kunlari sonining qisqarishi, faol psixofarmakologik davolash va moddiy xarajatlarining pasayishi, o‘lim va nogironlikni qisqarishi, hayot davomiyligi va sifatining oshishiga erishilgan.