Xudaynazarova Salomat Ro‘zibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi xududida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarni salomatlik holati va rivojlanish xususiyatlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1904.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi xududida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarni salomatlik holati va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi hududidagi kichik maktab yoshidagi bolalarning sochi tarkibidagi mikroelementlar: Na(1000±530 mkg/g, r=0,014 ), Cl (5000±2500 mkg/g, r=0,001) oshishi va Cr(0,12±0,012 mkg/g, r=0,014), Co(0.025±0.0028 mkg/g, r=0,014), Si(6.8±1.1 mkg/g), Ca(910±250 mkg/g, r=0,014), Zn(130±26 mkg/g, r=0,014) kamayishi bilan bolalarda mikroelementozlar uchrashi isbotlangan;
Orolbo‘yi hududidagi kichik maktab yoshidagi bolalarning sochi tarkibidagi mikroelementlarning jismoniy rivojlanishi: Zn bo‘y uzunligi(r=0,63), tana vazni(r=0,60), ko‘krak aylanasi(r=0,58) va Cr bo‘y uzunligi(r=0,53) va patologiyalar o‘rtasida: surunkali tonzillit bilan Xrom(r=0,53), sur.enterokolit bilan Si(r=0,95) o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
Xorazm viloyatida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalar organizmining moslashuv jarayonini o‘zgarishi ularning dastlabki vegetativ boshqaruv xarakteriga aniq belgilangan munosabatlar orqali sodir bo‘lishi aniqlanib, simpatik tizimning parasimpatikdan ustun kelishi bu noqulay ekologik sharoitda yashash uchun eng qulay moslashish jarayoni ekanligi isbotlangan;
bolalarning jismoniy rivojlanganligi, tana mustahkamligi, ishchanlik va moslashuvchanlik saloxiyati simpatik tizim faolligi va vegetativ tizimning boshqarilish darajasida gumoral kanalning o‘rni bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
parasimpatik tizim faolligining pasayishi temir elementining miqdorini kamayishi, aksincha, simpatik tizimning faolligi oshishi kobal`t miqdorini kamayishi, ammo ortostaz - stress holatda marganes va kal`siy miqdorlarini ko‘payishi, dastlabki vegetativ muvozanat esa kobal`t miqdori bilan to‘g‘ri kuchli munosabatda ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi hududida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarni salomatlik holati va rivojlanish xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi hududida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarni salomatlik holati va rivojlanish xususiyatlarini baholash tizimini takomillashtirish borasida «Orolbo‘yi hududida kichik maktab yoshidagi bolalar salomatlik holati va moslashuv salohiyatini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/156-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishini va moslashuvchanlik salohiyatini kompleks baxolashni optimallashtirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Orolbo‘yi hududida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarni salomatlik holati va rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi, shuningdek, Urganch shaxridagi 3- oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi №08-20751-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari bolalarning rivojlanishi va sog‘ligining holatini samarali baholash, moslashuv buzilishlarini va bolalarda kasallik oldi holatlarini erta aniqlash, ularda patologiyalar rivojlanishi, kasallikning surunkali tus olishi va nogironlikni oldini olish, bolalar hayot sifatini yaxshilash va iqtisodiy sarf xarajatlarni 1,25 barobarga qisqartirish imkonini bergan.