Xalimbetov Azat Bayrambaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daryolarning tog‘ oldi uchastkalarida kombinatsiyalashgan dambalar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/2/PhD/T2748
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bakiev Masharif Ro‘zmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Bazarov Dilshod Rayimovich, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, texnika fanlari doktori, professor Xo‘jaqulov Rustam.
Yetakchi tashkilot Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi daryolar tog‘ oldi uchastkalarida kombinatsiyalashgan dambalar konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qirg‘oqlarni samarali himoyalash maqsadida, suv o‘tkazadigan qismi tetraedrlardan iborat kombinatsiyalashgan dambaning konstruktiv parametrlari hamda uni hisoblash usuli turbulent struyalar nazariyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kombinatsiyalashgan damba va oqimning o‘zaro ta’sir mexanizmi, o‘zan nishabligi, suv o‘tkazadigan qismning nisbiy uzunligi, siqilish darajasiga bog‘liq ravishda ikkita rejim shakllanishi ochib berilgan va ular shartli ravishda “tinch” va “kritik” deb belgilangan;
suv o‘tkazadigan qismi tetraedrlardan iborat kombinatsiyalashgan damba bilan siqilgan oqimning o‘qi og‘ishi, suv o‘tkazadigan qismi va o‘zanni suv o‘tkazish sig‘imini hisoblash va loyihalash usullari tog‘ oldi daryolari gidravlik parametrlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
kombinatsiyalashgan damba bilan siqilgan oqimning planda vertikal siqilish va yoyilish zonalaridagi gidravlik parametrlarini aniqlash usuli suv o‘tkazish qismi ortidagi oqim tezligini, sathning bo‘ylama va ko‘ndalang nishabligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv o‘tkazadigan qismi tetraedrlardan iborat kombinatsiyalashgan damba bilan bir tomonlama siqilgan oqimni hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
kombinatsiyalashgan damba konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan, damba konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga foydali modelga talabnoma berilgan («Qirg‘oqni himoyalovchi shpora» № FAP2022 0094.). Natijada tog‘ oldi daryo qirg‘oqlarini yuvilishdan samarali himoya qilish imkoni yaratilgan;
kombinatsiyalashgan damba suv o‘tkazadigan qismi va o‘zanni suv o‘tkazish qobiliyatini hisoblash usuli, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi DUK «SUVLOYIXA»da bajarilgan “Janubiy Surxon suv ombori suv tashlamasi rekonstruksiyasi” loyihasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi Vazirligining 2022 yil 04-iyundagi SY77337261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tetraedrlardan foydalanish orqali oqim energiyasini so‘ndirishga erishilgan hamda suv tashlama tubi va qirg‘oqlarini yuvilishdan himoyalash imkoni yaratilgan.
kombinatsiyalashgan dambaning takomillashtirilgan konstruksiyasi va suv o‘tkazadigan qismi tetraedrlardan iborat kombinatsiyalashgan damba ortidagi oqimni yoyilishini hisoblash usuli MChJ “INNOVATIVE-PROEKT”da bajarilgan “Quyichirchiq tumanidagi Qarasuv daryosini chap va o‘ng qig‘oqlarini mustahkamlash chora tadbirlari” loyihasiga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 04-iyundagi SY77337261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot ishini joriy etilishi Qarasuv daryosi qirg‘og‘ining yuvilishidan himoya qilish imkonini bergan.