Egamnazarov Qobil Abdunazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qardosh bo‘lmagan tillar tizimida noaniq olmoshlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1183.
Ilmiy rahbar: Usmonov Ural Usmanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmalarida noaniqlikni ifodalashda ishtirok etayotgan olmoshlarining sintaktik maqomini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gap tarkibida indefinit (noaniq) sintaksema o‘rnida ishtirok etayotgan til birliklarining sistem-struktur maqomini belgilovchi sintaktik aloqa turlarining strukturaviy mutanosiblik va nomutanosiblik ko‘rinishlari yunksion va komponent modellar yordamida aniqlangan;
qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillari tizimida indefinit semalarning sintaktik sathdagi konnotativ va fakul`tativ variantlarini ajratish orqali sintagmatik aspektda sintaktik birliklarning differensial sintaktik belgilari hamda paradigmatikaning differensial sintaktik-semantik xususiyatlari aniqlangan;
lisoniy birliklarning funksional barqarorligi hamda shakl va mazmun munosabatini aniqlash orqali indefinit sintaksemalarning paradigmatik qatorini tashkil qiluvchi sintaktik birliklar variantlarini ajratish usullari takomillashtirilgan;
qiyoslanayotgan tillarda sintaktik aloqalar hamda indefinitlik semantikasini voqelantirishda til tizimining lug‘at va grammatik sathlariga dahldor vositalarning faollashuv me’yorining lisoniy ifoda hamda nutqiy muloqot muhiti bilan bog‘liqligi gap tarkibida indefinit sintaksema o‘rnida ishtirok etayotgan birliklarning sistem-struktur maqomini belgilash orqali ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noaniqlik kategoriyasining sintaktik-semantik belgilari ingliz va o‘zbek tillarida chog‘ishtirma tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gap tarkibida indefinit sintaksema o‘rnida ishtirok etayotgan birliklarning sistem-struktur maqomini belgilovchi sintaktik aloqalar turlari, indefinit sintaksemalar va ularning paradigmatik qatori qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan izomorflik va allomorflik hodisalarida, qiyoslangan tillarda indefinitlik konseptual semantikasini voqelantirishda til tizimining lug‘at va grammatik sathlariga dahldor vositalarning faollashuv me’yori lisoniy ifoda imkoniyatlari bilan birgalikda, nutqiy muloqot muhiti bilan bog‘liqligi kabi ilmiy-metodik natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutining OT – Atex -2018-519-raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 24 sentyabrdagi 2298/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada grammatik modellashtirish amallari tatbiqida, indefinit sintaksemalarning paradigmatik qatorini tashkil qiluvchi birliklar variantlarining vazifaviy barqarorligini hamda shakl va mazmun munosabatini inobatga oluvchi metodik tavsiyalar yaratilishiga xizmat qilgan;
sintagmatik aspektda sintaktik birliklarning differensial sintaktik belgilari hamda paradigmatikaning differensial sintaktik-semantik xususiyatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 18 avgustdagi 1725/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ilmiy natijalari qardosh bo‘lmagan ikki tildagi mushtarak tamoyillarni belgilash imkonini yaratgan;
lisoniy birliklarning funksional barqarorligi hamda shakl va mazmun munosabatini aniqlash orqali indefinit sintaksemalarning paradigmatik qatorini tashkil qiluvchi sintaktik birliklar variantlarini ajratish usullariga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 18 avgustdagi 1724/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada substansiallik va kvalifikativlik belgilarining ifodasida noaniqlikning o‘ziga xos belgilarini konkretlashtirishga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillarda sintaktik aloqalar hamda indefinitlik semantikasini voqelantirishda til tizimining lug‘at va grammatik sathlariga dahldor vositalarning faollashuv me’yoriga oid natijalaridan “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 18 avgustdagi 1723/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘qitish nazariy jihatlarining takomillashuviga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi olmoshlarning ifodalanish mexanizmini komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish metodlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 01/4-2410-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘qitishning nazariy jihatlarining muayyan takomillashuviga erishilgan.