Norkobilov Toxir Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekistonning bronza va ilk temir davri tarixshunosligi”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/Tar73.
Ilmiy rahbar: Cagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Normurodov Dilmurod Raxmatullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekiston bronza va ilk temir davri tarixshunosligi masalalarini yoritish orqali, Surxon vohasining arxeologik o‘rganilishida mavjud tadqiqotlarning o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekiston bronza va ilk temir davri tarixshunosligining rivojlanishi Surxon vohasida Sopollitepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston, Qiziltepa, Kuchuktepa, Burguttepa, Kayrittepa kabi yodgorliklarning o‘troq dehqonchilik, mudofaa va labirint tizimi, me’morchilikda simmetrik yondashuv ilk ibodatxona, saroy, ixtisoslashgan hunarmandchilik, ijtimoiy tabaqalanish, madaniy aloqalar kabi sivilizatsiyaga xos xususiyatlar misolida asoslangan;
Janubiy O‘zbekistonda o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi, metallning kashf etilishi, migratsiyalar, madaniy aloqalar kabi shahar belgilari Jarqo‘tonning shakllanishiga olib kelganligi va bu jarayon hunarmandchilikning ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida bronza va ilk temir davri tarixining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarini yoritishda sovet davrida qo‘llanilgan formatsiyali yondashuv va sinfiy jamiyat nazariyasi o‘z ahamiyatini saqlab qolganligi sababli davlatning kelib chiqishi to‘g‘risida nazariyalarning (teologiya, patriarxal, patremornial, irrigatsiya va hokazo) inobatga olinmaganligi va yangicha ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilmaganligi ochib berilgan;
Janubiy O‘zbekistonning bronza va ilk temir davrini o‘rganish jarayoni antropogen (madaniy) landshaft tarixi (Sherobod, Boysun va Bandixon dehqonchilik vohalarining o‘zlashtirilishi misolida), migratsiyalar va madaniy aloqalar (Qadimgi Sharq mintaqalari va dasht aholisining ta’siri) hamda mintaqaviy tranzit aloqa yo‘llari (Lojuvard yo‘li) tarixi kabi tarixiy tadqiqotlar uslubiyati yo‘nalishlarining o‘zgarib borishi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Janubiy O‘zbekiston bronza va ilk temir davri tarixshunosligining rivojlanishi Surxon vohasida Sopollitepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston, Qiziltepa, Kuchuktepa, Burguttepa, Kayrittepa kabi yodgorliklarning o‘troq dehqonchilik, mudofaa va labirint tizimi, me’morchilikda simmetrik yondashuv ilk ibodatxona, saroy, ixtisoslashgan hunarmandchilik, ijtimoiy tabaqalanish, madaniy aloqalar kabi sivilizatsiyaga xos xususiyatlar misolida asoslanganligi va XX asr oxiri – XXI asr boshlarida bronza va ilk temir davri tarixining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarini yoritishda sovet davrida qo‘llanilgan formatsiyali yondashuv va sinfiy jamiyat nazariyasi o‘z ahamiyatini saqlab qolganligi sababli davlatning kelib chiqishi to‘g‘risida nazariyalarning (teologiya, patriarxal, patremornial, irrigatsiya va h.k.z.) inobatga olinmaganligi va yangicha ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilmaganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti F-1-FA-0-19793-sonli “O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi-chorvadorlar dunyosi: mil. avv. III - milodning I ming yilliklari boshlarida o‘zaro aloqalar va ta’sirlar muammosi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 02 oktyabrdagi 3/1255-2600-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar Surxon vohasining bronza va ilk temir davri tarixini tadqiq etish, etarli darajada o‘rganilmagan muhim masalalarni ochib berishga, vohaning bronza va ilk temir davri madaniyatlarining O‘zbekiston tarixidagi o‘rni hamda ahamiyatini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratgan;
Janubiy O‘zbekistonda o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi, metallning kashf etilishi, migratsiyalar, madaniy aloqalar kabi shahar belgilari Jarqo‘tonning shakllanishiga olib kelganligi va bu jarayon hunarmandchilikning ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishiga sabab bo‘lganligi va Janubiy O‘zbekistonning bronza va ilk temir davrini o‘rganish jarayonida antropogen (madaniy) landshaft tarixi (Sherobod, Boysun va Bandixon dehqonchilik vohalarining o‘zlashtirilishi misolida), migratsiyalar va madaniy aloqalar (Qadimgi Sharq mintaqalari va dasht aholisining ta’siri) hamda mintaqaviy tranzit aloqa yo‘llari (Lojuvard yo‘li) tarixi kabi tarixiy tadqiqotlar uslubiyati yo‘nalishlarining o‘zgarib borishi bilan bog‘liqligi masalalaridan Termiz arxeologiya muzeyining “Tosh va bronza davri” nomli ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligi (hozirgi Madaniyat vazirligi)ning 2018 yil 13 avgustdagi 01-11-08-5849-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Surxon vohasining bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi, me’morchiligi va binokorlik usullari, madaniyat va etnik jarayonlar mazmunini muzey tashrifchilari uchun ochib berishga va ularning tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.