Muxamedova Lola Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1151.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qambarov Nosir Mansurovich, filologiya fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nosirov Abduraxim Abdumutalipovich, filologiya fanlar doktori, professor; Axmedova Mexrinigor Baxadirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlarning lingvistik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish masalalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va fransuz tillari fonologik sistemalarining xususiyatlari, grafik jihatidan o‘zlashishi, morfologik moslashuvi, lingvistik struktura jihatidan qiyosiy tipologik o‘zgarishlari mavjudligi dalillangan;
ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi) tillar va madaniyatlararo hamkorlik harbiy islohatlarning manba sifatida foydalanish tarixiy bosqichlarda taraqqiy etganligi aniqlangan;
ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlarning o‘zbek tilidagi tarjimasida ekvivalentlar translingvistik lisoniy birliklar bilan o‘zlashgan so‘zlarning statistik xususiyatlari aniqlangan;
ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar o‘zlashma qatlamining statistik ko‘rsatkichlari milliy madaniyatning ifodalanishini dalillash leksik, semantik, konseptual tarjima  xususiyatlarining farqli hamda o‘xshash jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilidagi gallisizmlarning o‘zbek tiliga tarjima qilish masalasi doir lisoniy birliklar bilan o‘zlashgan so‘zlarni ifodalanishining sintaktik xususiyatlarini ochib berish, shuningdek ikki til negizi soha terminosistemasida mushtarak va farqli belgilarni aniqlash, ular orasidagi milliy mentalitetning ifodalanishini dalillash, qiyoslanayotgan tillarda harbiy sohaga oid terminlarning leksik, semantik, milliy-madaniy, konseptual, lingvistik va tarjima xususiyatlariga oid xulosalardan davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan FA-F1-005 raqamli fundamental loyihadan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 maydagi 17.01/123 – son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari lingvokul`turemalar hamda soha terminologiyasiga doir lisoniy, badiiy vositalar funksionalligining birlamchi omillari ekanligini aniqlashga erishilgan;
ingliz tili harbiy terminologiyasida gallisizmlar o‘rni, ahamiyati, xususan, harbiy terminologiyaning rivojlanishida fransuz tilidan o‘zlashgan leksemalarga oid ilmiy va amaliy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 4 sentyabrdagi 04-25-813-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur mazmuni lisoniy faktlar bilan boyitilgan hamda tinglovchilarning ingliz tili harbiy terminlari yoxud gallisizmlarga oid tasavvur va tushunchalarini kengaytirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
jahon tilshunosligining eng muhim hususiyatlari tillar va madaniyatlararo hamkorlik, harbiy istilohlarning taraqqiyot tamoyillari, ingliz va fransuz tillari harbiy terminlarining tarjimasi borasidagi ilmiy xulosalardan Yozuvchilar uyushmasining tarixiy va zamonaviy mavzudagi asarlarida manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 2 apreldagi 01-03/470-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan badiiy va tarjima asarlar tili takomillashtirilgan;
ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi) tillar va madaniyatlararo hamkorlik harbiy islohatlarning manbalaridan “Tarjimashunoslik va lug‘atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug‘at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” mavzuidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2021 yil 15 apreldagi 38-04-919-son ma’lumotnomasi). Natijada, lug‘at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish