Qarshieva Dilnoza O‘tkirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalash kompetenligini rivojlantirish (Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2169.
Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarini loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirish  bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligi mazmuni Genially, Learnis, OnlineTestPad onlayn ta’lim platformalarida chiziqli, halqasimon, muammoli va veb kvestni yaratishning kognitivlik, kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, qiziquvchanlik, o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikmalarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida darslarni loyihalash bosqichlari  kvestni yaratish ssenariysi tuzilmasi syujetli, kveativ topshiriq, kognitiv fikrlashga yo‘naltiruvchi va refleksiv yondashuvlarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirish vositasi Yii 2.0 dasturiy ta’minot platformasida tinglovchilarning vebga moslashtirilgan o‘quv resurslari yordamida kvest darslarini loyihalash malakalarini oshirishga qaratilgan “Qvest.uz” axborot ta’lim muhiti va “Quest” mobil` ilovasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligini baholashning motivatsion-qiymatli, kognitiv-faollik, shaxsiy, refleksiv-ijodiy kabi informatsion va analitik mezonlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarining “Kvest” texnologiyasi asosida darslarni loyihalash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligi mazmuni Genially, Learnis, OnlineTestPad onlayn ta’lim platformalarida chiziqli, halqasimon, muammoli va veb kvestni yaratishning kognitivlik, kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, qiziquvchanlik, o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikmalarini belgilash orqali takomillashtirilgan mazmunidan OT-Atex-2018-519- raqamli «Kompyuterni imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasining virtual resurslarni veb-ilovasini yaratish algoritmlarini tuzish qismida ishlatilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 02-02/3-591-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida didaktik o‘quv vositalar, integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhiti va vebga moslashtirilgan ilovalardan foydalanish orqali darslarni loyihalashga oid kompetentligi rivojlantirilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida darslarni loyihalash bosqichlari (dars tuzilishi, o‘qitish usullari va vositalarini) kvestni yaratish ssenariysi tuzilmasining (syujetli, kveativ topshiriq, kognitiv fikrlashga yo‘naltiruvchi va refleksiv yondashuv)ga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan I-XT-0-19929 “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika va informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihasining metodik tavsiya ilovaning ketma-ketligi va tizimligini yaratish bosqichida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 02-02/3-591-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning darslarni zamonaviy axborot kommuniksion texnologiyalari asosida  olib borish uchun dasturiy ta’minot yaratilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligini rivojlantirish vositasi Yii 2.0 dasturiy ta’minot platformasida (tinglovchilarning vebga moslashtirilgan o‘quv resurslari yordamida kvest darslarini loyihalash malakalarini oshirishga qaratilgan) “Qvest.uz” axborot ta’lim muhiti va “Quest” mobil` ilovasini yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Tadqiqot” ko‘rsatuvini ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 02-02/3-591-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning darslarda aralash ta’limni samarali qo‘llash asosida tashkil etishga xizmat qilgan;
“Kvest” texnologiyasi asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalashga oid kompetentligini baholashning informatsion va analitik mezonlar(motivatsion-qiymatli, kognitiv-faollik, shaxsiy, refleksiv-ijodiy)ga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan “Onlayn kasbiy rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida yaratilgan dastur-rejalar mazmuniga singdirilgan va mavzularini shakllantirishda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil, 24 avgustdagi 01/09-817-son, Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 02-02/3-591-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘qituvchilarning darslarni zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalar asosida maktab o‘qituvchilarining darslarni loyihalash kompetentligini baholash shart-sharoitlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish