Abdusamadov Zafarbek Nurmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil567.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Enazarov Tolib Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarni aniqlash va lingvomadaniy tadqiq mezonlari frazeologizmlarda antroponimlar ishtiroki, uning turlari va ifodalanish aspekti, funksional-semantik xususiyatlari, madaniy semasiga tayangan holda dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning semantik-struktur asosida ismning qo‘llanishi o‘rganilayotgan frazeologizmlarga xos umumiy jihat ekanligi, familiya, patronim va laqablar esa asosan ingliz tili antroponimik komponentli frazeologik birliklariga xarakterliligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarda antroponimlarning frazeologik olam manzarasida tutgan o‘rni, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maishiy va boshqa qadriyatlarni voqelanishidagi roli, shaxs nomi uning xarakteriga ta’siri asosida milliy-madaniy o‘ziga xoslik hosil qilishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda frazeologik birliklarning ma’no doirasida madaniy sema vujudga kelishi mexanizmi orqali frazeologik birliklar tarkibidagi har bir antroponim milliy-madaniy kod vazifasini bajarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi antroponimik komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari mavzusidagi dissertatsiya materiallari va xulosalaridan Evropa ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 561624–EPP–1–2015–UK–EPPKA2–CBHE–SP– ERASMUS+ CBHEIMEP-sonli «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 iyundagi 1294/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda tarjima, uning tavsifi, xossasi, o‘ziga xos xususiyatlari borasida qobiliyatini oshirish, tarjimaviy asarlar tufayli kitobxonlar jahon adabiyoti durdonalaridan baxramand bo‘lishi, shuningdek, qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi bilim ko‘nikmalrini shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustaxkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar yuzaga kelganligi dalillab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning semantik-struktur asosida ismning qo‘llanishi o‘rganilayotgan frazeologizmlarga xos umumiy jihat ekanligi, familiya, patronim va laqablar esa asosan ingliz tili antroponimik komponentli frazeologik birliklariga xarakterliligi dalillangan taklifdan “OT-A1-018 O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 iyundagi 01-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida uchraydigan antroponimik komponentli frazeologik birliklarning tahlili, ularning tarjimasi, o‘zbek tilida qo‘llanilishi bo‘yicha keltirilgan ko‘rsatmalaridan terminlar lug‘atini yaratishga yordam bergan, shuningdek, sohaga oid frazeologik birliklar son va sifat jihatdan ma’lum darajada yangilanganligi ta’minlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda uchraydigan antroponimik komponentli frazeologik birliklarning tahlili, ularning tarjimasi, o‘zbek tilida qo‘llanilishi bo‘yicha keltirilgan ko‘rsatmalaridan va xalqning milliy-madaniy mentalitetiga ta’sir ko‘rsatishiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati”ni tuzishda hamda “Matn lingvistikasi”, “Kognitiv lingvistika” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 22 iyundagi 22/504-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvokul`turologiya va tarjimashunoslik kabi fanlar o‘qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
antroponimik komponentlarni qo‘llash borasidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyatida bir qator shoir va yozuvchilarnng she’riy va nasriy asarlari tarjimasida foydalanildi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 15 iyundagi 01-03/821-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotini tarjima qilishda antroponimik komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini etkazib berish muammolari hal etilishiga va tarjimalarning badiiy mukammallashishi uchun xizmat qilgan.