Qo‘ldoshov O‘ktamjon O‘rozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Konversiv so‘zlarni tarjima qilishning semantik va lingvokul`turologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek badiiy prozasi materialida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1228.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi konversiv so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash va ularni tarjima qilishning lingvokul`turologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi konversiv so‘zlarning tarkibi qiyoslanib, konversivlik xususiyatiga ega birikma va gaplarning tillararo muqobilligi va uning nazariy asoslari bo‘yicha jahon tilshunosligi va tarjimashunosligidagi mavjud semantik, kognitiv hamda konseptologik qarashlar ingliz va o‘zbek badiiy prozasi doirasida asoslangan;
tarjimada muqobillikka erishishda vujudga keladigan asosiy muammoli holat dunyo lisoniy tasvirining turlicha ekanligi asosida konversiv tushunchalarning qiyosiy lingvokul`turologik tahliliga ko‘ra tarjimada lingvokul`turologik komponentli leksika va unga kognitiv yondashuv muhim mezon ekanligi konversiv talqin misolida nazariy va amaliy isbotlangan;
badiiy asarlar tarjimasi tahlilida qiyosiy chog‘ishtirma va komponent tahlil metodlari, konsept, lingvokul`turologik va lisoniy talqin usullari hamda tillardagi konversiv juftliklarning tegishli semantik tahlillari asosida konversivlar tarjimasida muqobillikka erishish mezoni va usullari bo‘yicha strategiya sifatida axborotni freymlash, implikatsiya, eksplikatsiya va transliteratsiya usullaridan foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan;
implisit ma’no aks ettiruvchi konversivlik tushunchasiga tarjimashunoslikda o‘ziga xos tabiatga ega hodisa sifatida yondashilib, o‘zbek tarjimashunosligiga ilk marta “konversiv tarjima” usuli kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi konversiv so‘zlar tabiatini o‘rganish hamda shu ikki tilning xususiyatlari va funksional semantik jihatlarining bunday so‘zlarga munosabati tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi konversiv so‘zlarning lingvistik tabiati tahlilini o‘tkazish mobaynida konversiv munosabatni hosil qiluvchi til birliklarining tafovutli va o‘xshash jihatlari haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 05 noyabrdagi 2734/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida milliy korpusni yaratish va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)ni ishlab chiqishda konversiv, ya’ni o‘zaro aloqador qarama-qarshi so‘zlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish unumdorligiga erishilgan;
konversiv tushunchalar tadqiqiga kognitiv yondashuv ularning funksional-semantik va lingvokul`turologik tuzilmalarini aks etish mexanizmiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 08 noyabrdagi 28907/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rgatishda yozma matnni muvofiqlashtirish va idrok qilish algoritmini yaratish imkoniyati hosil qilingan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi konversiv so‘zlarning funksional-semantik va lingvokul`turologik tahlili hamda aniqlangan o‘xshashliklar va farqlar haqidagi xulosalari Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 05 noyabrdagi 2735/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaniig mahalliy oliy ta’lim tizimiga tatbiq qilinishi hamda o‘zbek tilidagi konversiv birliklarning tasniflanishi va tadqiqi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan;
konversivlik tilda ko‘p uchraydigan hodisa bo‘lmasada nutqda turli kommunikativ yuklamani bajarishga xizmat qilishi Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlangan hamda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2020 yil 8 aprel sanasidan 20 mayga qadar efirga uzatilgan “Ingliz tilidan onlayn dars” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 oktyabrdagi 0901/226-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish, xususan, ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘zaro aloqador teskari munosabatli so‘zlarning xususiyatlarini o‘rgangan holda, tarjima jarayonida tilshunoslik atamalarini to‘g‘ri ifodalash hamda qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslikning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida etarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
konversiv so‘zlarning pragmatik mazmun ifodalashdagi roli va badiiy tarjima jarayonida adekvatlikka erishish, asliyat matni pragmatikasini qayta yaratish maqsadida ushbu vositalarni inobatga olish zarurati, tahlil va tarjima yo‘llari bilan bog‘liq natijalaridan 60230200–Tarjima nazariyasi va amaliyoti, 5611500–Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishlariga “Yozma tarjima” va “Tarjima nazariyasi” fanlaridan hamda 70230201–Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik, 70230203–Badiiy tarjima (ingliz tili) mutaxassisliklariga “Madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik” fanlarining o‘quv dasturlariga singdirilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 noyabrdagi 3239/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yozma tarjima”, “Tarjima nazariyasi” hamda “Madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga asos bo‘lgan.