Israilova Saodat Turapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘k” leksemasi semantikasi va tezaurusi”,  10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1256.    
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nishonboy Xusanov Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “ko‘k” leksemasi semantik taraqqiyotining mental tafakkur, madaniy belgilar va pragmatik baho bilan aloqadorligini asoslash, semantik imkoniyatlarini tezaurus modeli asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ko‘k” leksemasi semantikasining jahon, xususan, o‘zbek tilshunosligida muhim o‘rin tutishi, milliy-madaniy dunyoqarashlarni aks ettirishi metafora, frazeologizm, maqol, matal, qiyosiy ifodalar bilan asoslanib, “ko‘k” yadroli birliklarning stilistik-uslubiy xususiyatlari dalillangan;
qadimgi turkiy til manbalaridagi “ko‘k” leksemasining genezisi, tarixiy taraqqiyoti, semantik maydoni asoslanib, leksema tarkibidagi polisemantiklik va omonimiya munosabatlari tadrijiy-tarixiy jihatdan ochib berilgan;
dunyo va turkiy xalqlar milliy madaniyatida  “ko‘k” leksemasiga doir ilmiy-falsafiy yondashuvlarning tabiiy, diniy, sun’iy, mifologik talqinlari qiyoslanib, ularning sotsial belgilari va linvopragmatik tabiatidagi o‘zgarish omillari lingvokul`turologik hamda simvolik  jihatdan  isbotlangan;
“ko‘k” leksemasining semantik maydonidagi semantik-pragmatik, semantik-kognitiv tomonlari, ma’no jihatdan giponim-giperonimlik, partonimlik munosabatlari, lisoniy, pragmatik omillarning hamkorligi, ularning muayyanlashuvi, so‘z semantikasini yoritib beruvchi paradigmatik, sintagmatik,  assotsiativ, ierarxik jihatdan ishlab chiqilgan mezonlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ko‘k” leksemasi semantikasi va tezaurusi tadqiqi bo‘yicha olingan  natijalar asosida:
“ko‘k” leksemasining milliy-madaniy fonda qardosh xalqlar, xususan, qoraqalpoq tilshunosligida o‘rganilishi, qoraqalpoq tilidagi maqol, matal, frazema, xalq qo‘shiqlari tarkibida “ko‘k” leksemasi semantikasining etnolingvistik jihatdan tadqiq etilishi yuzasidan chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti tarixi tadqiqi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida amaliy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2021 yil 22 dekabrdagi  395-son ma’lumotnomasi). Natijada  fol`klor asarlari namunalarida etnomadaniy leksika bilan boyish darajasi ortgan;
etnolingvistik jihatdan qoraqalpoq urf-odatlaridagi nutqiy birliklarni yoritishda, madaniyatlararo o‘xshash semalarni tadqiq etishda, o‘zbek va qardosh tillar leksikasining hamda lug‘at boyligining turfa xilligi, lisoniy o‘xshashliklarni qiyoslash asosidagi ilmiy xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi  tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida amaliy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 22 dekabrdagi  394/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor asarlari matnida etnografik xarakterdagi birikmalar salmog‘i ortgan;
“qadimgi turkiy yozma manbalar matnida “ko‘k” leksemasi etimologiyasi bilan bog‘liq diniy, e’tiqodiy qarashlarning mavjudligi, milliy-madaniy qadriyatlar va urf-odatlar jarayonida qadimgi yozma manbalarga tayanilganligi, etimologik va etnolingvistik tadqiqotlar davomida ularning tilshunoslikdagi ahamiyatini oshirish”ga oid nazariy g‘oya va amaliy ahamiyatga ega taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147-“Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasining uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 26 yanvardagi  04/1-139-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimgi turkiy yozma manbalar matnida “ko‘k” leksemasining etnolingvistik xususiyatlariga doir ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
“ko‘k” leksemasining etimologiyasi va etnolingvistik tavsifi; ko‘k leksemasi ishtirokidagi toponimlar va ularning kelib chiqishi, bu leksemasining sinxron va diaxron aspektda o‘rganilishi; etnomadaniy va mental xususiyatlari, xalq milliy-madaniy birliklarida aks etishi; qadimgi turkiy xalqlar adabiyoti hamda mumtoz adabiyot namunlarida uchrashi, hayot tarzi, til va madaniyat munosabatiga bevosita aloqadorligi; xalqning turmush darajasi, qarashlari, madaniy taraqqiyot ko‘rinishlariga muvofiq tarzda o‘zgarib, rivojlanib borishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2019 yil 19 noyabrdagi 02-40-2395-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish