Axrorov Alisher Shavkatovichning
falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuz o‘rta qismi jarohatlarida jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1548.
Ilmiy rahbar: Pulatova Barno Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya  yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuzning o‘rta qismi shikastlangan bemorlar organizmining klinik-funksional va  immunologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda jarrohlik taktikasini  takomillashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yonoq suyagi va yoyi sinishi mavjud bemorlarni davolash uchun yonoq yoyi usti terisini teshish orqali yonoq  suyagi ustiga  kiritilgan spisa-shtiftni  yonoq yoyini atrofini qamrab olgan avtotravmatik ninalar yordamida yonoq suyagiga mahkamlash  orqali amalga  oshirilgan, shu bilan birga yuqori jag‘ning alveolyar qismiga mahkamlanadigan tutqichli  texnik jixatdan modifikatsiya qilingan  asbobni  qamrab olgan osteosintez  usulidan foydalanish klinik jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan.
miya qon aylanish autoregulyasiyasi tiklanishi mezonlari natijasida mikrotsirkulyasiya meyo’rlashishini yaxshilovchi reoensefalografik ko‘rsatkichlar klinik jihatdan muhim hisoblanadi va yuz skeleti shikastlanishi  bo‘yicha serebrofatsial  jarohati bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Om reografik indekslari RI -0,1-0,15,   tez qon aylanishining yuqori tezligi 1,3-1,5 Om/s, tomirlarning periferik  qarshiligi ko‘rsatkichi 68-70% bo‘lgan ma’lumotlarni tashkil qilishi  isbotlangan.
SFSh bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyoti muddati bosh suyagining yuz qismida shikastlangan joyda mikrotsirkulyasiyaning me’yorlashishi va 6,8,10. sitokinlar monitoringi ma’lumotlari  bilan munosabatga kirishuvchi, miya qon aylanish  autoregulyasiyasining tiklanishi mezonlari, klinik manzaralar dinamikasiga asoslanishi lozimligi isbotlangan.
SFShdan jabr ko‘rgan bemorlar jarrohlik taktikasiga bir xil yondashuvni qo‘llash yuqori klinik smaradorlikni ko‘rsatdi va jarrohlik davridan keyin  ilk  va uzoq  davrda shamollash asoratini 18% dan 2%ga pasaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuzning o‘rta qismi jarohatlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yonoq suyagi va yonoq yoyi repozisiyasi va fiksatsiyasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yonoq suyagi va yonoq yoyi repozisiyasi va fiksatsiyasida operativ metodlar” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/613-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yonoq suyagi va yoyi repozisiyasi va fiksatsiyasida operativ metodlarini tanlashning ahamiyati va uning shikastlanib lat eyilganda jarrohlik aralashuvi samarali ekanligini ochib berdi.
yonoq ko‘z kosasi kompleksi sinishining diagnostikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan ”Yonoq ko‘z kosasi kompleksi sinishida nurli diagnostika” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/614-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma diagnostika samaradorligini oshirish va sinishlarni qayd qilish barqarorligini oshirish va shuningdek, bemorlarda yonoq orbital kompleksi sinishida jarohatdan keyin yuzaga keluvchi ikkilamchi deformatsiya rivojlanishidan ogohlantirish imkonini bergan.
yuz o‘rta qismi jarohatlarida jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika  travmatologiya va ortopediya maxsus ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali klinik amaliyotiga va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 martdagi 8n-d/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi hayot sifatini oshirish va umumiy davolash kursi davomiyligini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish