Sultanov Yusupbek Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston dumbali qo‘ylarining mahsuldorlik va biologik xususiyatlari”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqamB2021.1.RhD/Qx726.
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Rahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abduzoirova Durdonaxon Yunusovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy dumbali jaydari, hisori qo‘ylari va ularning duragaylarining mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini aniqlash, qo‘zi go‘shtini etishtirishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish asosida go‘sht va yog‘ ishlab chiqarishni 14-16% ga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston sharoitida turli genotipli dumbali qo‘y zotlari va uning duragaylarini jadal bo‘rdoqilash asosida go‘sht-yog‘ mahsuldorligini oshirish mumkinligi aniqlangan;
dumbali qo‘ylar Qoraqalpog‘iston sharoitiga yaxshi moslashganligi sababli ularning yashovchanlik xususiyatlari 2,5 yoshdavrida 96,7-100 foizni tashkil etishi aniqlangan;
dumbali qo‘ylarga 1,385 ozuqa birligi berib bo‘rdoqilanganda 7 oylik yoshida tengqurlariga nisbatan nimta vazni jaydari zotida 1,5 kg, hisorida 2,1 kg, duragayda 1,1 kg ko‘p bo‘lishi aniqlangan;
dumbali qo‘ylarning Qoraqalpog‘iston sharoitida 7 oylik yoshiga nisbatan 18 oylik yoshida go‘shtdorlik xususiyatlarining shakllanganligi hisobiga 0,13-0,38 birlikka yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida dumbali qo‘ylarning go‘sht-yog‘ mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash yo‘nalishida olib borilgan tadqiotlar ilmiy natijalari asosida:
turli genotipli qo‘ylarni tug‘ilgan yilida qo‘shimcha oziqlantirib boqish va go‘sht uchun so‘yish usuli Qoraqalpog‘iston respublikasi Xo‘jayli tumani «Sultanov Toxtabay» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 22 aprel` №33/01-04-275-son ma’lumotnomasi). Natijada 7-oylik bir bosh jaydari zotli qo‘zilardan 384,9 ming so‘m, hisori zotlidan 522,3 ming so‘m,duragaylardan 438,6 ming so‘m foyda olingan. Rentabellik darajasi jaydarida 48,7%, hisorida 66,2% va duragaylarda55,9 %-ni tashkil etgan;
turli genotipli qo‘ylarni tug‘ilgan yilida qo‘shimcha oziqlantirib boqish va go‘sht uchun so‘yish usuli Qoraqalpog‘iston respublikasi Shumanay tumani «K.Yusupov» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 22 aprel` №33/01-04-275-son ma’lumotnomasi). Natijada 7-oylik bir bosh jaydari zotli qo‘zilardan 384,9 so‘m, hisori zotlidan 522,3 so‘m, duragaylardan 438,6 so‘m foyda olingan. Rentabellik darajasi jaydarida 48,7%, hisorida 66,2% va duragaylarda 55,9 % ni tashkil etgan;
turli genotipli qo‘ylarni tug‘ilgan yilida qo‘shimcha oziqlantirib boqish va go‘sht uchun so‘yish usuli Qoraqalpog‘iston respublikasi Xo‘jayli tumani «Do‘rmon-Rashid» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 22 aprel` №33/01-04-275-son ma’lumotnomasi). Natijada 7-oylik bir bosh jaydari zotli qo‘zilardan 384,9 so‘m, hisori zotlidan 522,3 so‘m, duragaylardan 438,6 so‘m foyda olingan. Rentabellik darajasi jaydarida 48,7%, hisorida 66,2% va duragaylarda 55,9 % ni tashkil etgan.