Norov Sobirjon Negmurodovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er tekislash mashinalari shnekli ish organlarining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/ T1854.
Ilmiy rahbar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shnekli ish organi bilan jihozlangan tekislagichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish hamda parametrlarini asoslash orqali ekin maydonlarini  joriy tekislashda ish sifatini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shnekli ish organi bilan jihozlangan tekislagichning konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni maydon sathidagi notekisliklar darajasini kamayishi hamda mayin tuproq qatlami hosil qilinishini hisobga olib ishlab chiqilgan;
tekislagich shnekli ish organlarining diametri, qadami va aylanishlar soni tuproqni ularning ishchi sirtiga yopishib qolmasligi va oldiga uyulmasligi hamda agregat ratsional harakat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
tekislagich va shnek orasidagi bo‘ylama masofa ular orasiga tuproq tiqilib qolmasligi hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
tekislagichga o‘rnatilgan shnekning diametri, qadami, aylanishlar soni va tekislagich kovshi bilan shnek orasidagi bo‘ylama masofaning maqbul qiymatlarini uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er tekislash mashinalari shnekli ish organlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shnekli ish organi bilan jihozlangan er tekislagichga doir dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi № 02/023 – 4902-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni talablar darajasida tekislaydigan va mayin tuproq qatlamini hosil qilish imkonini beradigan hamda ish unumi yuqori bo‘lgan tekislagich yaratilgan;
shnekli ish organi bilan jihozlangan tekislagichning tajriba nusxasi Buxoro viloyatining Kogon, Jondor, Vobkent tumanlari fermer xo‘jaliklari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi № 02/023 – 4902-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni tekislash jarayonida ish sifati oshib, texnikaga sarflanadigan xarajatlarni 1,3 baravarga kamaytirish hamda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish, etishtirilgan hosil tannarxini kamaytirish imkoniyatlari yaratilgan.
ishlab chiqilgan shnekli ish organlar bilan jihozlangan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriqlar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi № 02/023 – 4902-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan shnekli ish organlar bilan jihozlangan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish