Umarov Shuxrat Badreddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davriy strukturali ventilli o‘zgartirgichlarini ish rejimlarini tadqiq qilish uslubiyoti”, 05.05.02 – “ Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T508.
Ilmiy maslahatchi: Sapaev Xushnud Babajanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Korovkin Nikolay Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davriy strukturali ventilli o‘zgartirgichlarini o‘tkinchi va turg‘un ish rejimlarini tadqiq qilish uslubiyotini yaratish va yuqori kommutatsion muvazzanatiga ega bo‘lgan ventilli o‘zgartirgichnin sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davriy strukturali ventilli o‘zgartirgichlarining ishlash rejimlarini tadqiqotlash uslubiyoti bir va uch fazali tok invertorlarining matematik modellari va xisoblash algoritmlari asosida ishlab chiqilgan;
universal operatorli almashinuv sxemalarini ishlab chiqish usuli ventilli o‘zgartirgichning nimsxemalarini ekvivalentlash asosida taklif etilgan;  
bir va uch fazali avtonom invertorlarining ishchi tavsiflari yuklama turi, boshqarish usuli hamda kirish tokining shaklini hisobga olgan holda aniqlangan;
davriy strukturali ventilli uzgartirgichlarining o‘tkinchi va turg‘un rejimlarini hisoblash algoritmlari kirish kuchlanishi va yuklama qiymatlari o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
Laplas o‘zgartirilishi usulini takomillashtirish asosida davriy strukturali ventilli  uzgartirgichlarining elementlarini texnik ko‘rsatkichlarini aniqlash matematik modellari ishlab chiqilgan.
davriy strukturali ventilli o‘zgartirgich sxemasi tok va kuchlanish avtonom invertorlarining afzalliklarini birlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davriy strukturali ventilli o‘zgartirgichlarini ish rejimlarini tadqiq qilish uslubiyotini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
simni cho‘zish texnologik jarayonini takomillashtirish usuli “National HOLDINGS” MChJ joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2021 yil 30 dekabrdagi №04-3/2828-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mis chiqindilarini 8% ga kamaytirilishiga, qimmat uskunalar ishlash muddatini (tabiiy olmosdan yasalgan filera) o‘rtacha 5% ga oshirilishiga, mashina vaqti 12% ga uzaytirilib, 231150 000 (ikki yuz o‘ttiz bir million bir yuz ellik ming)  so‘m umumiy iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
simni cho‘zish texnologik jarayonini takomillashtirish usuli «NAVOI CABLE CONNECTOR» XK MChJ joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 16 iyundagi №04-3/1455-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, mis chiqindilarini 6% ga kamaytirilishiga, qimmat uskunalarning ishlash muddatini (tabiiy olmosdan yasalgan filera) o‘rtacha 4-5% ga oshirilishiga, mashina vaqti 10% ga uzaytirilib, 164380000 (bir yuz oltmish to‘rt million uch yuz sakson ming)  so‘m umumiy iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
o‘zgarmas kuchlanishni o‘zgaruvchan kuchlanishga aylantiruvchi o‘zgartirgich  uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№FAP 01895; 2022y.). Natijada o‘zgartirgichning  kuch sxemasi avtomatik ravishda almashishi tufayli yuqori kommutatsiya muvozanatli invertor yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish