Shamsuddinov Navruz Neymatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish istiqbollari”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt602.
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ITM
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Egamov Baxtiyor Nurmatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hicoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida ilmiy texnik faoliyat, innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishlari asosida ishlab chiqarish jarayonini texnologik darajasi, xodimlar tarkibi, moliyaviy resurs manbalari, intellektual salohiyatning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dinamikasini taqqoslashning 10 ballik tizimi bo‘yicha quyi (2-3 ball), o‘rta (4-6 ball) hamda yuqori (8-10 ball) darajalarda baholash asoslangan;
hudud innovatsion rivojlanish darajasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish, ilmiy faoliyat, texnologik rivojlanish, axborot kommunikatsion faoliyat bo‘yicha integral ko‘rsatkichlarining reyting baholash tizimi bo‘yicha barqaror (90-100 ball) va me’yoriy (70-80 ball) chegaralari geometrik progressiya usuli asosida takomillashtirilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarishni mujassamlashtirish asosida Shaxrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida dorivor o‘simliklarni etishtirish hamda Muborak, Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning Universitet 3,0 modelini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishga ta’sir etuvchi ilmiy-tadqiqot ishlariga ajratilgan mablag‘lar hajmi, unda band bo‘lgan xodimlar va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni kabi omillarni hisobga olgan holda o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natija asosida:
Qashqadaryo viloyatida ilmiy texnik faoliyat, innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishlari asosida ishlab chiqarish jarayonini texnologik darajasi, xodimlar tarkibi, moliyaviy resurs manbalari, intellektual salohiyatning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dinamikasini taqqoslashning 10 ballik tizimi bo‘yicha quyi (2-3 ball), o‘rta (4-6 ball) hamda yuqori (8-10 ball) darajalarda baholash bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyat hokimining 2022 yil 2 fevraldagi “Viloyatda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-4-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02-17/658-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanishi natijasida mintaqaviy innovatsion rivojlanish dasturlarini amalga oshirish jarayonini mahalliy boshqaruv organlari tomonidan bevosita nazorat qilishi va strategik qarorlarni tezkor qabul qilish imkoniyatini yaratgan.
hudud innovatsion rivojlanish darajasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish, ilmiy faoliyat, texnologik rivojlanish, axborot kommunikatsion faoliyat bo‘yicha integral ko‘rsatkichlarining reyting baholash tizimi bo‘yicha barqaror (90-100 ball) va me’yoriy (70-80 ball) chegaralari geometrik progressiya usuli asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyat hokimining 2022 yil 2 fevraldagi “Viloyatda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-4-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02-17/658-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanishi natijasida innovatsion rivojlanishning mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati paydo bo‘lgan, ilmiy texnik salohityadan samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.
fan, ta’lim va ishlab chiqarishni mujassamlashtirish asosida Shaxrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida dorivor o‘simliklarni etishtirish hamda Muborak, Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning Universitet 3,0 modelini ishlab chiqish taklif Qashqadaryo viloyat hokimining 2022 yil 2 fevraldagi “Viloyatda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-4-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02-17/658-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanishi Qashqadaryo viloyatida innovatsion rivojlanish xududlari faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida institutsional mexanizmlarni takomillashtirish va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash xamda Universitet 3,0 modelini asosida innovatsion faoliyatni takomillashtirish imkoni yaratilgan.
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishga ta’sir etuvchi ilmiy-tadqiqot ishlariga ajratilgan mablag‘lar hajmi, unda band bo‘lgan xodimlar va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni kabi omillarni hisobga olgan holda o‘rta muddatli prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyat hokimining 2022 yil 2 fevraldagi “Viloyatda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-4-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02-17/658-son ma’lumotnomasi) Mazkur prognoz natijalarini Qashqadaryo viloyatida qo‘llanishi xududiy iqtisodiyot tarmoqlarini raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratgan.