Ro‘zimov Sanjarbek Komilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslari», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T483
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imomovich, texnika fanlari doktori, professor, Abdazimov Anvar Doniyorovich, texnika fanlari doktori, professor, Fayziboev Sherzod Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dinamik talablarni hisobga olgan holda turli harakat sharoitlari uchun eng maqbul yonilg‘i samaradorlikka erishish imkonini beruvchi avtomobil` gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini ilmiy asoslangan tanlash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagi ishlanmalarda o‘z aksini topgan:
gibrid yuritmali avtomobil` va komponentlari parmetrlarini hamda ish rejimlarini matematik modellash asosida me’yoriy harakat sikllaridagi yonilg‘i va energiya sarfini aniqlash usuli hisob modeli va algoritmlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
yuqori yonilg‘i samaradorlikka erishish uchun avtomobil` gibrid yuritmasini boshqaruv rejimlarini tanlashning ekvivalent yonilg‘i sarfini minimallashtirishga asoslangan uslubi ishlab chiqilgan;
yuqori yonilg‘i samaradorlikka erishish uchun avtomobil` gibrid yuritmasi komponentlari quvvat ko‘rsatkichlarini tanlash orqali yuritma parametrlarini tanlash uslubi ishlab chiqilgan;
avtomobil` gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini baholash usullari gibrid yuritmali avtomobil` harakatining imitatsion modeli yordamida takomillashtirilgan;
gibrid yuritmali avtomobil` imitatsion modelining yonilg‘i va energiya sarflari hisobi ishonchliligini eksperimental baholash uslubi dinamometrik stend natijalari bilan qiyoslash orqali asoslangan;
gibrid yuritmali avtomobillarda yonilg‘i-tejamkorlik xususiyatlarini yanada yaxshilashni cheklovchi asosiy omillarni aniqlash usuli harakat siklida energiya zahirasini hisoblash orqali ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil` gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda olingan natijalarga asosida:
«O‘zavtosanoat» AJ va uning qoshidagi “Research and Development Center” MCHJ ilmiy-konstruktorlik markazida turli me’yoriy sikllarda avtomobil` harakatlanish jarayonida energiya sarfini hisoblash metodi va dasturi; Yonilg‘i-tejamkorlik xususiyatini yaxshilash bo‘yicha gibrid yuritmali avtomobil` parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlash metodi (“Research and Development Center” MCHJ 19 noyabr 2021y. №054-2021 va «O‘zavtosanoat» AJ 22 noyabr 2021y. №19/04-25-2129 ma’lumotnomalari) joriy etildi. Natijada, yangi ishlab chiqariladigan avtomobillar modellarini loyihalash yoki tanlashda ularning konstruktiv parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlash, bu avtomobil` prototipini ishlab chiqishdan oldin uning energiya samaradorligini baholash va muayyan harakat sharoitlarida yonilg‘i sarfini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi «O‘zavtotranstexnika» ilmiy markazida gibrid yuritmali avtomobillarning eksplutatsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlarni, turli me’yoriy sikllarda ekvivalent yonilg‘i sarfini hisoblash dasturi bilan almashtirish joriy etildi («O‘zavtotranstexnika» 19 noyabr 2021 y. №314 ma’lumotnoma). Olingan natijalarni tadbiq etish orqali mehnat sarfini 7 marta va sinov o‘tkazish xarajatlarini 5 marta kamaytirishga erishishni ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida gibrid yuritmali avtomobil` energiya sarfini hisoblash metodi joriy etildi (Transport vazirligining 23 noyabr 2021 y. №2/7365 ma’lumotnomasi). Ushbu dasturdan foydalanish mahalliy harakat sharoitlarida eng kam yonilg‘i sarfiga ega avtomobil` modellarini tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish