Aliqulov Samar Sattor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3519.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Raxmatulla Nurmurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Yusuf Maxmudov G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunov Ikrom, fizika-matematika fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning majmuaviylik, interaktivlik, virtuallik, kreativlik, natijaviylik kabi metodik jihatlari elektron ta’limiy resurslarning kognitiv, amaliy, diagnostik funksiyalarini gipermatnli va mul`timediali vositalar bilan ichki internallik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tuzilmasi talabalarning individual ta’lim olish traektoriyasi bilan pedagogik muhitning (bir, ko‘p yo‘nalishli, faol, interfaol) ommaviy, sinxron, guruhiy, jamoaviy shakllarini “figura – fon” va “qism – yaxlitlik” effektini taqozo etuvchi kognitiv uslubga asoslangan metodikasini qat’iy strukturlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish elektron-didaktik tizimi fizik hodisa va jarayonlarni amaliy yo‘naltirilgan tarzda o‘zlashtirishga xizmat qiladigan shaxsiy, fanga doir o‘quv faoliyati natijalarini motivatsion, orientatsion, pragmatik, refleksiv-baholovchi bosqichlar bo‘yicha loyihalangan texnologik xatirani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida kreativlik va empirik kompetentlikni rivojlantirishning intensiv metodik ta’minoti ko‘rgazmalilik, konstruktorlik, funksionallik kabi didaktik elementlarning produktogenligini ta’minlashga qaratilgan engino o‘quv-muhandislik konstruktori, “AllOWLSPHISICS” tarmoq resursidan adaptiv foydalanish, Blogger internet platformalari orqali blog yaratish texnologiyasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning majmuaviylik, interaktivlik, virtuallik, kreativlik, natijaviylik kabi metodik jihatlarini elektron ta’limiy resurslarning kognitiv, amaliy, diagnostik funksiyalarini gipermatnli va mul`timediali vositalar bilan ichki internallik darajasi barqarorligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi”ning AIF 1/4. “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriyasini yaratish” loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 28 iyundagi 162-06-28-con ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining o‘quv laboratoriyalari bilan ishlashga doir amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tuzilmasini talabalarning individual ta’lim olish traektoriyasi bilan pedagogik muhitning ommaviy, sinxron, guruhiy, jamoaviy shakllarini “figura – fon” va “qism – yaxlitlik” effektini taqozo etuvchi kognitiv uslubga asoslangan metodikasini qat’iy strukturlash orqali aniqlashtirish, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish elektron-didaktik tizimini fizik hodisa va jarayonlarni amaliy yo‘naltirilgan tarzda o‘zlashtirishga xizmat qiladigan shaxsiy, fanga doir o‘quv faoliyati natijalarini motivatsion, orientatsion, pragmatik, refleksiv-baholovchi bosqichlar bo‘yicha loyihalangan texnologik xaritani ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Elektromagnit moslashuvchanlikni hisobga olgan holda elektron qo‘rilmalar mekro va nanotizimlar yupqa elementlari mangit maydonida magnito elastik tebranishlari masalalarinip echishning amaliy usullari va magnitoelastiklikning matematik asoslarini rivojlantirish” nomli fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 2022 yilning 16 martdagi 148-01/01-con ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida kreativlik va empirik kompetentlikni rivojlantirishning intensiv metodik ta’minotini ko‘rgazmalilik, konstruktorlik, funksionallik kabi didaktik elementlarning produktogenligini ta’minlashga qaratilgan engino o‘quv-muhandislik konstruktori, “AllOWLSPHISICS” tarmoq resursidan foydalanish, Blogger internet platformalari orqali blog yaratish texnologiyasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi”ning AIF 2/20. “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlarni tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” loyihasining belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiialining 2022 yil 16 martdagi 148-01/01-con ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilaridan shaxsga yo‘naltirilgan axborot-kommunikativ texnologiyalaridan foydalanish malakasini oshirishga xizmat qilgan.