Ochilova Oydinoy Raxmiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda xalq tabobatining o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.1.PhD/Tar644.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavxar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida xalq tabobatining ahamiyati, milliy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblangan xalq tabobati sohasida ham o‘z aksini topganligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon xalqlari hayotida xalq tabobatining o‘rni, uning qadimdan to shu kungacha shakllanish jarayoni, tabiblar, siniqchilar, doyalar, ilgirlar, duoxonlar kabi turlari, davolash usul va vositalari, namoyandalari faoliyati tibbiy, etnografik, tarixiy jihatdan ochib berilib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalq tabobatini davolash usullari bo‘yicha tadqiqotlari, sohaga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, dorivor giyohlarni ishlab chiqarish va tarqatish yuzasidan olib borilgan targ‘iboti dalillangan;
sovet davrida xalq tabobatiga eskilik “sarqiti” sifatida qaralib, dinga qarshi kurash bahonasida ularga nisbatan qilingan ta’qiblarga qaramasdan aholi tabiblar, siniqchilarga ishongan va shifo topganliklari uchun ularga doimiy murojaat qilib kelganligi aniqlangan;
xalq tabobati vakillari shug‘ullanayotgan mashg‘ulotining avloddan-avlodga o‘tib kelish omillari, davolash usul va vositalari, qay darajada dunyoviy bilimlarga aloqadorligi, davolash natijalari, davolanuvchilar jinsi va boshqa belgilariga qarab tashxis qo‘yish tajribasi sotsilogik so‘rovnomalar asosida ochib berilgan;
tabiblar, siniqchilar, duoxonlarning huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy ahvoli, ularning jamiyatda tutgan mavqie, oddiy aholi ularga barcha tarixiy davrlarda katta hurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘lganligi, aholi tabobat vakillariga nafaqat davolanish bo‘yicha, balki hayotda uchraydigan muammolar echimini topish yuzasidan ham maslahatlar so‘rab murojaat qilib turganliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1945 – 2021 yillarda O‘zbekistonda xalq tabobati tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Markaziy Osiyo xalq tabobati masalasiga retrospektiv qarashlar, jahon xalqlari xalq tabobati tarixi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalq tabobatiga e’tibori, sovet davrida O‘zbekistonda xalq tabobati masalasiga yondashuvlar, xalq tabobati vakillarining tasnifi, shuningdek, O‘zbekistonda 1945-1991 yillarda xalq tabobatining ahvoli va yillar davomida tabiblarning taqiblarga uchraganligi, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarining tiklanishi (1991-2015), xalq tabobati sohasi uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi (2017-2021) kabi bosqichlarda shakllanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 4 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 11 martdagi 02-40-355-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda xalq tabobati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda sovet davrida dinga qarshi kurash bahonasida xalq tabobati vakillariga nisbatan qo‘llanilgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari, mustaqillik yillarida xalq tabobati sohasining sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni va sohadagi islohotlar kabi natijalaridan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (237-125) 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrugi). Bu ma’lumotlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida xalq tabobatining o‘rnini asoslab berishga va ushbu sohaga doir tushunchalarni talabalar ongiga etkazishga xizmat qilgan.