Matkarimova Jamila Durdievna
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar o‘zaro munosabatlarining falsafiy-huquqiy asoslari», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi  (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fal44.
Ilmiy maslahatchi: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar:  Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori, professor, Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich siyosiy fanlar doktori, dotsent, Musaev Faxriddin Abdusattorovich falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi davlat va nodavlat ijtimoiy institutlarni faollashtiruvchi omillarni, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch tizimini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuniga nodavlat ijtimoiy institutlar faoliyatnining tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-falsafiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan nohukumat, lobbizm kabi tushunchalarni kiritish zaruriyati ilmiy asoslangan;
 O‘zbekistonda uchinchi sektor bo‘yicha milliy modelni shakllantirishning liberal, hamkorlik modeli kabi konstruktiv yo‘llari va uning barqarorligini ta’minlashning Crowdfunding usuli, xayr-ehson, ijtimoiy aksiyalar kabi samarali omillari jamiyatda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida innovatsion imkoniyatlarni ochishi asoslangan;  
 O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar hamkorlik munosabatlarini kuchaytirishda fandrayzing tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllari) va rag‘batlantirishning zarurati ochib berilgan;
davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar (fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar) o‘rtasidagi munosabatlarda faol muloqot, aksiologik, korrelsion va deterministik jihatlarini hisobga olish, o‘zaro ishonch tizimini ijtimoiy hamkorlik tamoyillari asosida takomillashtirish va ijtimoiy tadbirkorlikni ijtimoiy hayotga joriy etish zaruriyati asoslab berilgan;
 davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar munosabatlarini faollashtiruvchi fandrayzing, filantropiya, ko‘ngilli yordam, ko‘ngillilarga imtiyozlar kabi omillar jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini farovonlashtirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezon ekanligi  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat va nodavlat sektorni faollashtiruvchi tizimni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga joriy qilingan:
O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuniga nodavlat ijtimoiy institutlar faoliyatnining tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-falsafiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan nohukumat, lobbizm kabi tushunchalarni kiritish zaruriyatiga doir ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi-ning «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlari, «O‘zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Kodeksi loyihasi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2020 yil 11 martdagi 04-06/39-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi davlat boshqaruvi, hukumat organlari va jamoat tashkilotlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zaro munosabatlarini tartibga solish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirishni tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda uchinchi sektor bo‘yicha milliy modelni shakllan-tirishning liberal, hamkorlik modeli kabi konstruktiv yo‘llari va uning barqarorligini ta’minlashning Crowdfunding usuli, xayr-ehson, ijtimoiy aksiyalar kabi samarali omillari jamiyatda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida innovatsion imkoniyatlarni ochishining mohiyatiga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida 20170930369 shifrli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 5 martdagi 02/022.239-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz yoshlarining intellektual va ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar hamkorlik munosabatlarini kuchaytirishda fandrayzing tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllari) va rag‘batlantirishning zaruratiga doir takliflardan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatida foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 18 maydagi 7/774-2-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot ishi natijalaridan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli rejalarni ishlab chiqishga erishilgan;
davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar (fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar) o‘rtasidagi munosabatlarda faol muloqot, aksiologik, korrelsion va deterministik jihatlarini hisobga olish, o‘zaro ishonch tizimini ijtimoiy hamkorlik tamoyillari asosida takomillashtirish va ijtimoiy tadbirkorlikni ijtimoiy hayotga joriy etish zaruriyatini joriy etishga oid xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining «yo‘l xaritasi» va saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2020 yil 13 martdagi 01-1/1/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotda qo‘llanilishida 2020 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xarita»sining «Partiyaning saylovoldi dasturidagi vazifalarni amalga oshirish hamda mafkuraviy faoliyat va targ‘ibot-tashviqot ishlari» to‘g‘risidagi II bandi, «Partiyaning yoshlar bilan ishlash siyosati. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish» nomli III bandi «Siyosiy o‘quvlarni tashkil etish»ga qaratilgan IV bandlari ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat va nodavlat ijtimoiy institutlar munosabatlarini faollashtiruvchi fandrayzing, filantropiya, ko‘ngilli yordam, ko‘ngillilarga imtiyozlar kabi omillar jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini farovonlashtirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezon ekanligiga oid xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining «yo‘l xaritasi» va saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020 yil 03 iyundagi 01-147-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotda qo‘llanilishida 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini shakllantirish, “Ko‘ngillilar faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, davlat va fuqarolik jamiyatini institutlarining rolini kuchaytirish, “Xalq diplomatiyasi konsepsiyasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish