Mamadaliev Kamolidin Raxmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklarini yaratishning didaktik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1197.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Tojiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darcliklarni yaratish metodikacini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika ta’lim sohasida o‘qitiladigan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklarini yaratishning pedagogik-psixologik xususiyatlari intellektual (idrok etish, xotira, tasavvurlarning rivoji, diqqatning rivoji), motivatsion (maqsad, ehtiyoj, munosabat) va shaxsga yo‘naltirilgan (individuallik, faoliyat sub’ekti, hamkorlikdagi faoliyat, tanlov erkinligi) faoliyati kasbiy pedagogika bilan integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
“Informatika o‘qitish jarayonini loyihalash” turkumidagi fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari mul`timedia texnologiyalarini (audio, MIDI, video, grafik texnologiyalari) kasbiy sohasiga maqsadli yo‘naltirish tizimini intensiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari mazmuni fanlarni integrativ o‘qitishga moslashuvchan interaktiv (qayta aloqaga kirishuvchi, o‘z-o‘zini baholovchi va rivojlantiruvchi) o‘quv materiallarini modullarga ajratilgan axborotli-prognozli va sohaviy kontent-dizaynli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
informatikani o‘qitishda elektron darcliklardan foydalanish modelining tashkiliy-metodik komponenti pedagoglar hamda talabalarning o‘zaro innovatsion faoliyatini dasturli, modulli loyihalash jarayoni dinamikligini talabalarning fanga oid kompetensiyalarini kurslar kesimida dinamik monitoring qilish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Informatika ta’limi cohacining ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
pedagogika ta’lim sohasida o‘qitiladigan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklarini yaratishning pedagogik-psixologik xususiyatlari intellektual, motivatsion va shaxsga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘yicha g‘oyalar “Pedagogik tizimni boshqarishning me’yoriy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i). Natijada talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlangan;
“Informatika o‘qitish jarayonini loyihalash” turkumidagi fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari mul`timedia texnologiyalarini kasbiy sohasiga maqsadli yo‘naltirish tizimini intensiv qo‘llash bo‘yicha informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari va elektron darsliklar yaratishni takomillashtirishga oid takliflar Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologilari yangi avlod darcligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 12 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv materiallarini loyihalash ko‘nikmaci rivojlanishiga acoc bo‘lgan;
informatikadan modernizatsiyalashgan o‘quv adabiyotlari mazmuni fanlarni integrativ o‘qitishga moslashuvchan interaktiv o‘quv materiallarini modullarga ajratilgan axborotli-prognozli va sohaviy kontent-dizaynli loyihalashga oid tavsiyalari A-1-33-“Oliy ta’lim muaccacalarida informatika fanining modulli o‘qitish metodikaci va amaliyoti” mavzucidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 fevraldagi 02-07-587/04-con ma’lumotnomaci). Natijada informatikadan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishga acoc bo‘lgan;
informatikani o‘qitishda elektron darcliklardan foydalanish modelining tashkiliy-metodik komponenti pedagoglar hamda talabalarning o‘zaro innovatsion faoliyatini dasturli, modulli loyihalashga oid metodologik tavsiyalar YoA-1-012-con “Uzlukciz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darcligini yaratish metodikaci (“O‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani micolida)” mavzucidagi yosh olimlar amaliy loyihaci mazmuniga cingdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 fevraldagi 02-07-587/04-con ma’lumotnomaci). Natijada, “Informatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” modernizatsiyalashgan fanini o‘qitish metodikaci takomillashtirilgan va ta’lim-tarbiya cifati oshishiga imkon bergan.