Fayzieva Nargiza Rabimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Foyda solig‘ini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini modellashtirish”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Iqt937.
Ilmiy rahbar: Xomidov Soxibmalik Olimovich, iqtisodiyot fanlari  bo‘yicha  alsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tajievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adizov Sanjar Rashidovich, iqtisodiyot fanlari  bo‘yicha  alsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  foyda solig‘ini optimallashtirish va uning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini  modellashtirish taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yalpi ishlab chiqarish hajmi va fiskal siyosatning soliq yuki bilan o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra ekonometrik modellar asosida soliqqa tortishning optimal chegaraviy qiymatlarini aniqlash yondashuvi taklif etilgan;
foyda solig‘i stavkasi va bazasining byudjetga tushumlar hajmi va iqtisodiy o‘sishga ta’sirlarini modellashtirish natijalari asosida tadbir-korlik faoliyatining bank, moliya va telekommunikatsiya yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasini pasaytirish taklifi asoslangan;
foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘tgan soliq davrining oxirgi choragidan kelib chiqqan holda davlat xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqish hamda soliq to‘lovchi tomonidan hisoblangan dividendlar summalarini chegirilmaydigan xarajatlar tarkibidan chiqarish taklifi asoslangan;
foyda solig‘ini iqtisodiy o‘sishga ta’siri asosida YaIM hajmining 2022-2025 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Foyda solig‘ini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini modellashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yalpi ishlab chiqarish hajmi va mamlakatdagi fiskal siyosatning soliq yuki bilan o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra ekonometrik model natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tarmoqlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lantirish dasturlarini asoslashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 05/17-01/10-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish asosida foyda solig‘ining 2022-2025 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirishning aniqlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
foyda solig‘i stavkasi va bazasining byudjetga tushumlar hajmi va iqtisodiy o‘sishga ta’sirlarini modellashtirish natijalari asosida ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatining bank, moliya va telekommunikatsiya yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasini pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tarmoqlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini asoslashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 05/17-01/10-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga 2023 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 15 foizgacha tushirilishiga oid bandni kiritish imkonini bergan;
foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘tgan soliq davrining oxirgi choragidan kelib chiqqan holda davlat xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqish hamda soliq to‘lovchi tomonidan hisoblangan dividendlar summalarini chegirilmaydigan xarajatlar tarkibidan chiqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tarmoqlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 05/17-01/10-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning amaliyotga joriy etilishi soliq ma’muriyatchiligining soddalashtirilishi hamda takroriy soliqqa tortish holatining oldini olinishiga imkon yaratgan;
foyda solig‘ini iqtisodiy o‘sishga ta’siri asosida YaIM hajmining prognoz ko‘rsatkichlari natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tarmoqlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini asoslashda  foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 05/17-01/10-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur modellardan foydalanish natijasida foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning yalpi mahsulotga bo‘lgan ta’sir darajasi va yo‘nalishlari aniqlashtirilishiga, uning asosida tegishli takliflarni ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish