Ruzimurodov Nodirjon Fazliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati katta yoshdagi aholisida COVID-19 kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq sitokinlar profili», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib1790.
Ilmiy rahbar: Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Navoiy viloyati katta yoshdagi aholisida COVID-19 kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq sitokinlar profilini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning tez rivojlanishi va klinik kechishining og‘irlik (o‘rta og‘ir, og‘ir, o‘ta og‘ir) darajasi bemorlarning yoshi xamda yo‘ldosh (yurak qon-tomir, nafas olish tizimi, endokrin, autoimmun) kasalliklari mavjudligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar klinik kechishining og‘ir darajasida klinik kechishining o‘rta og‘irlikdagi bemorlarga nisbatan yallig‘lanishga xos va qarshi (IL-1β, IL-2, IL-6, IL-10, IL-17A, MCP-1, VEGF-A,  TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda I va II turdagi (IFNα, IFNγ) interferonlarning sintezi kasallik kechishining og‘irlik darajasiga qarab o‘zgarishi, ya’ni IFNα miqdorining o‘rta og‘ir va og‘ir darajadagi bemorlarda keskin kamayishi va IFNγ miqdorining o‘rta og‘ir kechishida ortishi, og‘ir darajadagi bemorlarda keskin kamayishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda, klinik kechishining og‘irlik darajasidan qat’iy nazar, D-dimer bilan IL-1β, IL-6, TNFα, xamda CRO bilan IL-1β, IL-6 miqdorlari o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsional (r=0,8) bog‘liqlik  o‘rtacha og‘irlikdagi qaraganda yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy viloyati katta yoshdagi aholisida COVID-19 kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq sitokinlar profilini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlarda COVID-19 kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq sitokinlar profilini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Navoiy viloyatida yashovchi bemorlarda COVID-19 ning turli xil kechishida ayrim sitokinlar miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 8n-r/1083-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning rivojlanishi va klinik kechishini erta bashoratlashga xizmat  qilgan;
aholida COVID-19 kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq sitokinlar profilini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyati Navoiy shahar va Xatirchi tuman tibbiyot birlashmalari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi  08-17917-son xulosasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi COVID-19 kechishida sitokinlar profilini aniqlash kasallikning og‘irlik darajasini erta aniqlash, yo‘ldosh kasalliklar asoratlarini oldini olish olib  borish va davolash taktikasini optimallashtirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish