Kamalov Anvar Ibragimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda ixtisoslashtirilgan akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya, 14.00.33- Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib1584.
Ilmiy rahbarlar: Agababyan Larisa Rubenovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Askerov Arsen Askerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda tibbiy-ijtimoiy jihatlarini taxlil qilish asosida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini taxlil qilish natijasida qon ketishni to‘xtatishning barcha bosqichlari kechiktirilganligi, yo‘qotilgan qon hajmini noto‘g‘ri baholanganligi, tibbiy muassasada muvofiq keluvchi asbob-uskunalar va materiallarning etishmasligi, nomunofiq infuzion terapiya o‘tkazilganligi va erta chilla davrida bachadon kiskarishini etarli darajada va uz vaktida baholanmaganligi kabi holatlar sababli ekanligi aniqlangan; 
tug‘ruqdan keyingi massiv qon yo‘qotishlar qayd etilgan ayollarning tibbiy hujjatlarini ekspertli baholash natijasida 12-22 hafta oralig‘ida gi ayollarning yarimida kechiktirib, xamda 4,5% ayollar umuman birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida ro‘yxatga olinmaganligi va tekshiruvdagi barcha xomilador ayollarda anemiyaning turli darajasi kuzatilganligi aniqlangan; 
ilk bor ishlab chiqilgan profilaktika dasturi yordamida tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar rivojlanganda tashxislash va davolash natijalari amaliyotni kechiktirmasdan xronometrajga rioya kilgan xolda bosqichma bosqich amalga oshirish zarurligi aniklangan; 
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarning rivojlanish xavfi yuqori paritet ayollarda, kesar kesishdan keyingi chandiqli ayollarda, oldingi tug‘ruq vaqtida qon ketish kuzatilgan ayollarda tibbiy yordam sifatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan kompleksli yondashuv va tuzilmaviy-uslubiy tadbirlarni mujassam etgan dasturi 83,5 % spesifiklikka va 87,2 % sezgirlikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda ixtisoslashtirilgan akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlariga karatilgan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar rivojlanishining tibbiy-ijtimoiy xavf omillarini kompleksli tahlili bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda tibbiy yordam ko‘rsatish monitoringi tashkil etish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-r/1090-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar rivojlanganda tibbiy yordam sifatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan kompleksli yondashuv va tuzilmaviy-uslubiy tadbirlarni qo‘llash orqali kasallikning davolash samaradorligini oshirish va surunkaliga o‘tish imkoniyatini kamaytirish imkonini bergan;
TKQK rivojlanganda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etish, shuningdek bu asoratni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarning profilaktikasi va davosi tibbiy yordamini tashkil etish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-r/1091-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda tibbiy yordamni tashkil etish sifatini baholash natijalarini samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar rivojlanganda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahridagi 2-son tug‘ruqxonada, Samarqand viloyati Payariq tumani TTB akusherlik bo‘limida, Samarqand viloyati Perenatal markazida klinik amaliyotiga tadbiq  etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/19919-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi TKQK rivojlanganda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etish, shuningdek bu asoratni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni maqbullashtirish, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda tibbiy yordam sifatini ta’minlash masalalari bo‘yicha tibbiy xodimlarning bilim darajasini baholash, xamda TKQKda tibbiy yordam nuqsonlarini kamaytirish, sifatning kompleksli koeffisientini oshirish va onalar o‘limini kamaytirishga olib keladigan asoratlarni individual tarzda prognozlash usulini ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish